Mavzu: Ishlаb chiqаrishni tаyyorlаshgаоid tехnоlоgik hujjаtlаr ro‘yхаti vа ulаrning mаzmuni. Darsning maqsadi: Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga ishlаb chiqаrishni tаyyorlаshgаоid tехnоlоgik hujjаtlаr ro‘yхаti vа ulаrning mаzmuni haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad:O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O‘quvchilar tasavvurida ishlаb chiqаrishni tаyyorlаshgаоid tехnоlоgik hujjаtlаr ro‘yхаti vа ulаrning mаzmuni haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi: Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
Bichish uchastkasida gazlamani bichish texnologik jarayoni quyidagi texnologik operatsiyalarni o‘z ichiga oladi:
1. Bichish tsexida avra, astar va qotirma materiallarini to‘liq to‘plamda tayyorlov tsexidan qabul qilish;
2. Gazlamani to‘shash;
3. To‘shamani ustki birinchi qavatida bo‘rlamani bajarish yoki tayyor bo‘rlamani to‘shama ustiga yozish;
6. To‘shamani bo‘laklarga bo‘lish;
7. Buyum detallarini qirqib olish;
9. Bichiq detallarini sifatini tekshirish;
10. Buyum detallarini razmer va rostlar boyicha bog‘lamga to‘plab bog‘lash;
11. Buyum detallarini nomerlash va bog‘lamlash;
12. Buyumni yo‘l varaqasini to‘ldirish;
Avtomatik tarzda to‘shamani tayyorlash uchun Frantsiyada chiqarilgan «Lektra» tizimining «LEKTRA YE-73» to‘shash qurilmasi bor. To‘shama tayyor bo‘lgandan keyin uning ustiga bo‘rlama to‘shaladi va o‘chib ketgan noaniq chiziqlari bo‘r bilan chiziladi. Tayyor bo‘lgan to‘shamadan buyum detallari bichiladi. Gazlamalarni bichishning ikki xil usuli: gazlamani universal asbobda va maxsus asbobda bichish usullari bor. Gazlamani universal usulda bichishda xilma-xil qaychilar va arralar ishlatiladi. Bundan tashqari universal qishda EZM-2, EZDM-1, EZDM-2, OM-2, M-3, Vengriya «Pannoniya» firmasining CS-529, CS-530 markali vertikal va disk pichoqli ko‘chma bichish mashinalari ishlatiladi. Bundan tashqari bichish uchastkasida AQSH «Gerber» firmasining S-91 avtomatik bichish tizimini qo‘llash mumkin. Buyum detallarini razmer va rostlar boyicha bog‘lamga to‘plab tikish uchun tikish tsexiga yuboriladi. Tikish tsexida buyum texnologik xarita asosida tikiladi va buyumga pardozlash ishlari berilib tekshiruvdan o‘tkaziladi va qadoqlanadi.