Agar bu jadval SELECT operatorini natijasi emas, tasavur bo‘lganda edi, unga oddiy ma’lumot bazasini oddiy jadvali kabi murojat qilinar edi. Ko‘p xollarda esa MB uchta jadvaldan iborat ekanligini hisobga olmay, bitta tasavur bilan ishlanar edi.
Tasavurlarga ham ma’lumot baza jadvallari kabi nom beriladi. Bu nom birorta ham jadval nomi bilan bir xil bo‘lmasligi kerak. AS so‘zidan keyin ma’lumotlar tanlash uchun so‘rov iborasi yoziladi.
CREATE VIEW sotish_taxlili AS SELECT Tovarlar.Nomi AS Tovar, Sotish.Soni, Tovarlar.Bahosi AS Narxi, Mijoz.Ismi||‘ .Manzil: ‘||Mijoz.Manzil||‘ . tel. ‘|| Mijoz.Telefon AS Mijoz FROM Sotish, Tovarlar, Mijozlar
WHERE Sotish. ID_mijoz=Mijozlar.ID_mijoz AND Sotish.ID_tovar=Tovarlar.ID_tovar;
Natijada sotish taxlili nomli virtual jadval yaratiladi. Unga so`rovlar yordamida murojat qilish mumkin:
Masalan:
Select * from sotish_taxlili where tovar = ‘Sut’ ;
Tasavurlar MB jadvallar olib tashlangan kabi olib tashlanadi: Masalan
DROP VIEW Sotish_taxlili;
Ko‘p foydalaniluvchi ma’lumot bazalari tashkilot va korxonalarni muhim axborot resurslari hisoblanadi. Shu bilan birga bunday resurslardan foydalanish bir qancha muammolar keltirib chiqaradi. Birinchidan, bunday ma’lumot bazasini ishlab chiqish va loyixalash murakkab, chunki bunda ko‘p sondagi foydalanuvchilarni talablarini hisobga olish kerak. Shu bilan birga vaqt o‘tishi bilan barcha talablar o‘zgaradi. Bu esa o‘z navbatida ma’lumot baza strukturasini o‘zgartirish zaruratiga olib keladi. Bunday strukturalarni o‘zgartirish aniq rejalashtirishni va nazorat qilishni talab etadi. Chunki bir gurux foydalanuvchilar uchun bajarilgan o‘zgartirish boshqa gurux foydalanuvchilari uchun muammolar tug‘dirmasligi talab etiladi.