Tasavvuf va badiiy ijod


-Mavzu:“Lisоnu-t-tayr”da Ibn Sinо va Attоr falsafasiga munоsabat



Yüklə 169,43 Kb.
səhifə21/40
tarix24.12.2023
ölçüsü169,43 Kb.
#193661
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Tasavvuf va badiiy ijod-fayllar.org

19-Mavzu:“Lisоnu-t-tayr”da Ibn Sinо va Attоr falsafasiga munоsabat
Lison ut-tayr (arab. — "Qush tili") — Alisher Navoiyning dostoni, oʻzbek mumtoz adabiyoti va oʻzbek adabiy tilining muhim yodgorliklaridan. 1498—99 yilda fors shoiri Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" asari taʼsirida yozilgan. Asar syujeti va bosh gʻoya xususida Attorga izdoshlik qilgan. "L.ut-t." falsafiy doston boʻlib, shoir unda majoziy obrazlar, qahramonlarning sarguzashtlari orqali tasavvuriy gʻoyalarini ifodalagan. Navoiy asarda Xudo tashqarida emas, sening oʻzingda, degan fikrni olga suradi. Shu yoʻsinda insonni ulugʻlaydi, uning kamolotga erishish yoʻlini yuksak sheʼriy mahorat bilan bayon etadi.Asarning barcha gʻoyasi odamning tarbiyasini koʻrsatishga qaratilgan. "L.ut-t." 3598 baytdan (176 kichik bobdan) iborat boʻlib, aruz vaznining ramali musaddasi maqsur (foilotun — foilotun — foilon) vaznida yozilgan. Asardagi boblar alohida epizodlardan, savol-javoblardan, kichik hajmli hikoya va masallardan tashkil topgan. Asardagi hikoyalarda Navoiy buyuk hikoyanavis sifatida koʻzga tashlanadi. "L. ut-t." Alisher Navoiyning 20 jildli Mukammal asarlar toʻplami 12-j. (T., 1996)dan oʻrin olgan.
Lisonu-t-tayr” dostoni shoir umrining so‘nggi yillarida, 1499 yilda yozib tugallangan. Filologiya fanlari nomzodi Sh.Eshonxo‘jayev dostonning ilmiy-tanqidiy matnini yaratib, izohlar bilan nashrga tayyorlagan (MAT, 12-jild). Mazkur nashrda doston hajman 193 bob, 3666 baytdan iborat. “Lisonu-t-tayr” dostoni falsafiy-tasavvufiy mavzuda yaratilgan bo‘lib, ulug‘ fors-tojik adibi Farididdin Attorning “Mantiqu-t-tayr” dostoniga javoban yozilgan. Alisher Navoiyning o‘zi shu dostonida bolalik davridayoq “Mantiqu-t-tayr”ni ishtiyoq bilan o‘qiganligi va yod olganligini aytadi:
Yodima mundoq kelur bu mojaro,
Kim tufuliyat chog‘i maktab aro.
Kim chekar atfol marhumi zabun,
Har tarafdin bir sabaq zabtig‘a un…
Manga ul holatda tab’i bulhavas,
Mantiqu-t-tayr” aylab erdi multamas.

Yüklə 169,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin