Yuqori jag‘ning ikkinchi premolari Yuqori jag‘ning ikkinchi premolari birinchisiga nisbatan biroz kichikroq. Dahliz yuzasi bo‘rtib chiqqan. Kontakt yuzalari ham yumaloqlashgan. Chaynov yuzada ikkita‘do‘mboqlar bo‘lib, lunj do‘mbog‘i yaxshi rivojlangan. Do‘mboqlar orasida ko‘ndalang ketgan egatcha-flssura kuzatiladi.lldizi ko‘pincha bitta, konus shakliga ega. Ayrim paytda ildiz cho‘qqi sohasida ikkiga bo‘linadi. O‘rtacha uzunligi 22 mm (20-24 mm). Quyidagi turlarda bo‘lishj mumkin: l-ildiz, l-kanal-75%; 2-ildiz, 2-kanal 24%;
Tish bo‘ shlig‘i tishning bo‘yih sohasida joylashgan, kanali yoriq shaklida. Tish bo‘shlig‘ini ochish faqat chaynov yuzasidan amalga oshiriladi.