Javob: Pastki jag‘ningikkinchi molari Pastki jag‘ning ikkinchi molari birinchiga nisbatan biroz kichik bo‘ladi. Toj qismining shakli va ildizlar soni ham xuddi birinchi molamikidek, farqi esa chaynov yuzada 4 ta do‘mbog‘i bor. Chaynov yuzaning ko‘ndalang fissurasi til yuzasiga yaqin joylashgan.
O‘ rtacha uzunligi 21mm (19-23 mm), odatda, 2 ildizi, 3 kanali bor. Mezial kanallari 49% cho‘qqida qo‘shilib ketadi. Distal ildizda bitta kanal bo‘lib, 28% 2ta bo‘lishi ham mumkin. Distal ildiz 74% to‘g‘ri yo‘nalgan, medial ildiz esa 84% distal tomonga qiyshaygan, 8% medial va distal ildizlar qo‘shilishi mumkin. Tish bo‘shlig‘i o‘rtada joylashgan bo‘lib, to‘rtburchakni eslatadi. Tish bo‘shlig‘i chaynov yuzadan ochiladi