|
Нур билан қотувчи композитлар билан тишларни реставрацияси учун абсолют ва нисбий қарши кўрсатмалар
|
səhifə | 45/60 | tarix | 01.01.2022 | ölçüsü | 1,75 Mb. | | #50663 |
| 2 5197475791885044195
Нур билан қотувчи композитлар билан тишларни реставрацияси учун абсолют ва нисбий қарши кўрсатмалар.
Javob: Tishlarni nur bilan qotuvchi kompozitlar bilan restavratsiya qilishga absolyut qarshi ko’rsatmalar:
- Adgeziv tizim yoki kompozit komponentlariga bemorda allergik reaksiya mavjudligi;
- Kardiostimulyatori bor bemorlarda, chunki lampaning ishlash jarayonidagi elektromagnit to’lqinlar apparat ishini o’zgartirishi mumkin;
- Karies kovak yoki tishni izolyatsiya qilishning (og’iz suyuqligi, qon, milk suyuqligi) imkoni bo’lmaganda.
Tishlarni nur bilan qotuvchi kompozitlar bilan restavratsiya qilishga nisbiy qarshi ko’rsatmalar:
Tish toj qismining haddan tashqari yemirilishida;
Tish qattiq to’qimalarining yemirilishi milk osti sohasigacha borganda;
Antagonist tishlarda metallokeramik yoki metal konstruksiyalar bo’lganda;
Yon (chaynov) sohalardagi tishlarning yo’qligi yoki haddan tashqari yemirilganligi;
Tishlarning patologik yemirilishi, to’g’ri prikus va prikus balandligining buzilishini birgalikda kelishi;
Kurak tishlarning chuqur yopilishini yuqori va pastki tishlar orasidagi zich kontakt bilan birga kelishi;
Bruksizm;
Bemor umumiy ahvolining yomonligi, yo’ldosh kasallikning o’tkirlashuv davri;
Nurga (yorug’lik) yuqori sezuvchan bo’lgan bemorlar;
Tish qattiq to’qimasining mineralizatsiyasi to’liq tugallanmagan bemorlarda;
Og’iz bo’shlig’ining gigiyenik holati qoniqarsiz bo’lganda.
Dostları ilə paylaş: |
|
|