II. BOB. Bitiruv malakaviy ishini tashkil etilishi, usullari, olingan natijalar va ularning tahlili. 2.1. Bitiruv malakaviy ishini tashkil qilinishi. Bunda amalga oshiriladigan ishlarning ilmiy amaliy muammolari, tadqiqotning maqsadi, vazifalari hamda boshlang’ich sinf o`quvchilari bilan xarakatli o`yinlarni o`tkazilishi o`rganildi. Bu maktabda boshlang’ich sinf o`quvchilari bilan o`tkaziladigan jismoniy tayyorgarlik testlari hamda jismoniy rivojlanishni antropometrik ko`rsatkichlarini o`lchashga oid adabiyotlar taxlil qilinib tadqiqot modeli yaratiladi.
Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi umumiy o`rta ta`lim maktablarining 7-8 yoshli bolalarni jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarliklarini o`rganish maqsadida o`quvchilarning tajribasi o`rganildi va pedagogik kuzatishlar olib borildi.
7-8 yoshli bolalarni jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini aniqlash uchun antropometrik ko`rsatkichlar hamda test me`yorlari tayyorlandi. 7-8 yoshli bolalarni jismoniy va jismoniy tayyorgarlik bo`yicha antropometrik ko`rsatkich va testlar olindi.
Bunda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari taxlil qilindi va natijalar taqqoslandi.
Olingan ma`lumotlar matematik-statistik usullar bilan ishlab chiqildi. Ish kirish, 3ta bob, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iboratdir.
2.2. Bitiruv malakaviy ishini usullari: 1.Ilmiy uslubiy adabiyot manbalarini tahlil etish va amaliy tajribalarni umumlashtirish.
2.Ilmiy uslubiy adabiyotlar taxlili.
3.Pedagogik sinov tajriba o`tkazish.
4.Jismoniy rivojlanish darajasini aniqlash.
5.Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash.
6.Olingan ma`lumotlarni matematik-statistik usulda taxlil qilish.
Ilmiy-uslubiy manbalarni taxlil qilish va amaliy tajribalarni umumlashtirish.
Boshlang’ich sinf o`quvchilarining jismoniy tarbiyasiga oid bo`lgan adabiyotlar, o`quvchilarni jismoniy tarbiya mashg’ulotlaridagi xarakat faolligi taxlili, jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanishlari o`rganildi.
Amaliy tajribalarni umumlashtirish maqsadida pedagogik kuzatishlar o`rganib chiqildi.
Jismoniy tarbiya rivojlantirish va nazorat qilishning taxlili jarayonida 7-8 yoshli bolalar uchun jismoniy tarbiya darslarida berilgan materiallarning uzluksiz taxlili tarbiya tizimi asosida uzviyligi va mosligi aniqlandi.
Pedagogik sinov-tajriba o`tkazish.
Yuqoridagi ko`rsatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi umumiy o`rta ta`lim maktabida pedagogik sinov tajriba ishlari olib borildi. Sog’lomlashtirish tadbirlarida muntazam ravishda xarakatli o`yinlar bilan nazorat maktabida o`quvchilarning sog’lomlashtirish tadbirlari dars jadvali asosida boshlang’ich sinf jismoniy tarbiya dasturiga suyangan xolda o`tkazildi.
Sinov tajriba o`tkazuvchi shaxs tomonidan nazorat maktabida sog’lomlashtirish tadbirlariga xech qanday o`zgarishlar ta`sir ko`rsatmagan. O`quvchilarning jismoniy rivojlanishini aniqlash. 7-8 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanishi antropometrik ko`rsatkichlar orqali aniqlandi. Bu ko`rsatkich quyidagilardan iboratdir.
1.Gavda uzunligi (sm)
2.Gavda og’irligi (kg)
3.Ko`krak qafasining kengligi (sm)
4. O`ng va chap qo`llar kuchi (dinamometr yordamida)
O`quvchilarning jismoniy tayyorgarligini aniqlash.
Boshlang’ich sinf o`quvchilarining jismoniy tayyorgarligi maxsus testlar orqali aniqlandi. Ularga
a) 4 x 10 m ga mokkisimon yugurish (soniya).
b) turgan joydan uzunlikka sakrash (sm).
v) oyoqlarni orasini 30 sm ochgan xolda o`tirib tanani oldinga engashtirish (sm).
g) gavdagi oldinga egish va yozish (bir daqiqa davomida, marta).
Yig’ib olingan ma`lumotlarni matematik-statistik usulda taxlil qilish.
Olingan ma`lumotlarni matematik – statistik usulda taxlil qilishda pedagogikada umum qabul qilingan usullardan hamda V.S.Ivanova, F.A.Kerimov, Yu.D.Jeleznyak, P.K.Petrovlarni adabiyotlaridan foydalanildi.