Chorshanba va payshanba kunlari 15.00 dan 17.00 gacha
FanG’modulECOLRD ____
O‘quv yili 2021-2022
Semestr 5
ECTS - Kreditlar __
FanG’modul turi Majburiy
Ta‘lim tili O‘zbek
Haftadagi dars soatlari __
1.
Fanning nomi
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
Mustaqil ta‘lim (soat)
Jami yuklama (soat)
Buxgalteriya hisobi
64
80
144
KIRISH Ushbu fan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tubdan yangilash, ularni oqilona boshqarishda boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ularning faoliyatini to’liq aks ettiruvchi ishonchli va barqaror axborot ma’lumotlarini yig’ish, to’plash, qayta ishlash orqali hisobvaraqlarda ikkiyoqlama aks ettirish orqali buxgalteriya hisobi hamda hisobotlarini tuzish kabi masalalarni qamrab oladi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy ustuvor yo’nalishlarini puxta o’zlashtirishlari, mavjud resurslardan samarali foydalanishlari hamda ularga ijodiy yondashishlarini ta’minlashda buxgalteriya hisobining o’ziga xos xususiyatlarini, moliyaviy hisobotning asosiy tamoyilari hamda uslubiy asoslari bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlariga yordam beradi.
Fanni o‘qitishning maqsadi va vazifalari Fanning maqsadi — buxgalteriya hisobi bilimlarning nazariy asoslarini, buxgalteriya hisobining asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, buxgalteriya hisobi qonunlar va tamoyillarini o’rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifalari- Fanni vazifasi -Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, buxgalteriya hisobida xo’jalik hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim , ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar Fanni o‘zlashtirgan talaba:
Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va metodi; pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi;
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi; investitsiyalar hisobi; materiallar hisobi; mehnat va unga haq to’lash hisobi; xarajatlar hisobi;mahsulot, tovar (ish, xizmat)lar va ularni sotish hisobi,kapital, fondlar va moliyaviy natijalar hisobi; soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hisobi; moliyaviy hisobot- boshqaruv hisobini tashkil etish;byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish mohiyatini bilish bo’yicha ko’nikmalar hosil qilish. Hisob; buxgalteriya hisobi; buxgalteriya hisobi ob’ektlari; sub’ektlari; hisobda qo’llaniladigan usullar; xo’jalik jarayonlari; buxgalteriya hisobi tamoyillarini, xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan bog’liq daromad va xarajatlarni hisobga olish usullarini; moliyaviy hisobot ko’rsatkichlari va ularning shakllanishini; ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun zarur ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi va hisobotlaridan olish; buxgalteriya hisobida dastlabki hujjatlarni tuzish, yig’ish, qayta ishlash, umumlashtirishni mustaqil amalga oshirish; xo’jalik muomalari bo’yicha buxgalteriya o’tkazmalarini tuzish va hisobvaraqlarda aks ettirish; buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining oboroti va qoldig’ini aniqlash; asosiy vositalarni baholash turlari; asosiy vositalar kirimi va chiqimi hisobi; amortizatsiya hisoblash; inventarizatsiya o’tkazish; asosiy vositalar ta’miri va modernizatsiyalash hisobi; omborlarda materiallar hisobi, materiallar kirimi va chiqimi hisobi, materiallarni baholash; materiallar inventarizatsiyasi; ishga qabul qilish va ishdan bo’shatish; ish haqi turlari va shakllari, ish haqi hisoblash, ish haqidan ushlanmalar hisobi; ish haqini hisoblash va to’lash vedomostlari; ish haqi bo’yicha vedomostlar tuzish; xarajatlar turlari va klassifikatsiyasi; xarajatlarni hisobga olish usullari; kalkulyatsiya; tayyor mahsulotni qabul qilish va sotish hisobi; xo’jalik muomalari; pul mablag’lari harakati va saqlanishi hisobi; debitorlar va kreditorlar bilan hisoblashishlar; ustav fondini shakllantirish hisobi; fondlar tashkil etish hisobi; asosiy faoliyatni daromadlari va xarajatlari hisobi; investitsion daromadlar va xarajatlar hisobi; moliyaviy daromadlar va xarajatlar hisobi; moliyaviy, statistik va soliq hisobotlar tuzish va taqdim etish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.