Bob 10. Tasdiqnomalar va kafolatlar
10.1. Mijoz Arizani imzolab/qabul qilib va/yoki har qanday bank xizmatlardan
foydalanganda quyidagilarni tasdiqlaydi va kafolatlaydi:
10.1.1. to'liq ishga layoqatli shaxs bo'lib, arizani imzolash/qabul qilish, shartnomalar
shartlarini va mazkur BSh ni bajarish vakolatiga egaligini;
10.1.2. Bankka taqdim etiladigan ma'lumotlar haqiqiy, ishonchli, to'g'ri va aniqligini va
taqdim etilgan barcha hujjatlar to'liq va dolzarbligini;
10.1.3. Ushbu BShlarning xulosasi mijoz va / yoki unga bog’liq bo’lgan shaxslarga
nisbatan Bank va / yoki uchinchi shaxs tomonidan majburlash, aldash va / yoki tahdid qilish
natijasi emasligini va Bank ushbu BShlarning va / yoki Mijoz bilan biron bir tegishli tuzilgan
shartnomalar bajarilishida o'z ta'siridan foydalanmaganligini;
10.1.4. Mijoz to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita biron bir noqonuniy faoliyatni amalga
oshirmaydi (shu jumladan, ular bilan cheklanib qolmasdan, jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirish, qurol-yarog' muomalasi, giyohvand moddalar savdosi va / yoki
terrorizm), bu har qanday yurisdiktsiya qonunlariga ziddir.
Dostları ilə paylaş: |