2.2.2. Bank xizmatlari - shartnomaga muvofiq Bank tomonidan taqdim etiladigan pullik
va bepul bank xizmatlari;
2.2.3. Kartani / Hisobni blokirovka qilish - bank kartasi / hisobvarag'i yordamida
to'lovlarni amalga oshirishni va / yoki operatsiyalarni amalga oshirishni to'liq yoki vaqtincha
taqiqlash;
2.2.4. Bank kartasi - Bank yoki boshqa bank tomonidan chiqarilgan, uning egasiga
(Mijoziga) bank hisobvarag'ida bir necha bor operatsiyalarni amalga oshirish, shu jumladan
hisob-kitoblarni amalga oshirish va hisobvarag'idan naqd pul olish imkoniyatini beruvchi, butun
O'zbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi moddiy yoki virtual to'lov kartasi. Bank
kartasiga egalik qilgan Mijozning bank hisobvarag'ida amalga oshirishi mumkin bo'lgan
operatsiyalar turlari bank kartasi egasi va emitenti o'rtasida tuzilgan shartnomada belgilanadi.
2.2.5. Bank – mazkur BSh ning ishtirokchisi "TBC Bank" aksiyadorlik-tijorat banki
hisoblanadi;
Dostları ilə paylaş: |