Tasdiqlangan



Yüklə 370,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/71
tarix16.05.2022
ölçüsü370,91 Kb.
#58219
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Contract GeneralAgreenent Addition 871c849e-dfa5-48a2-8d85-b899d496f8c0 (1)

14.14.4.  Operatsion  faoliyatni,  to'lov  qobiliyatini,  defolt  xavfini,  qoplanmagan 

majburiyatlarni tahlil qilish maqsadida; 



14.14.5.  Mijozning bank xizmatlaridan foydalanuvchi sifatida xulq-atvori va ehtiyojlarini 

tahlil  qilish  va  prognoz  qilish,  shuningdek,  mijozga  optimal  xizmat  ko'rsatish  va  mijozga 

individual takliflarni taqdim etish maqsadida; 

14.14.6.  Turli hisobotlar, tadqiqotlar va / yoki taqdimotlarni tayyorlash; 

14.14.7.  Jinoyat  sodir  etish,  noqonuniy  pul  aylanmasi,  firibgarlik  va/yoki  boshqa  jinoiy 

faoliyatlar  uchun  xavfsizlikni  ta'minlash,  aniqlash,  oldini  olish  va  /yoki  tergov  va/yoki  jinoiy 

javobgarlikka tortish tadbirlarini ta'minlash; 

14.14.8.  Mijozning mavjud kredit tizimini muvofiqlashtirish va/yoki mijozga yangi kredit 

liniyasini berish maqsadida mijozning kredit tarixini tekshirish; 



14.15. Mulk va maxfiy axborotning xavfsizligini ta'minlash va himoya qilish, shuningdek 

xizmatlar  sifatini nazorat  qilish  maqsadida  bank  xonalari  video  va  audio  nazorati bilan 




ATB “TBC Bank” 

“Bank mahsulot va xizmatlari taqdim etilishining bosh shartlari” 

30 

 

 



jihozlangan. Shuningdek Videokuzatuv bankomatlar orqali ham amalga oshiriladi va bank bilan 

telefon orqali muloqot qilish vaqtida audio yozuvlar amalga oshiriladi. 



14.16. Mijoz video nazorati va audio yozuvlarning muhim ahamiyatga ega ekanligini tan 

oladi va shuning uchun bankka har qanday ma'lumotni qayta ishlashga rozilik beradi. 



14.17. Tomonlarning har biri, boshqa Tomonning yozma roziligisiz, uchinchi shaxslarga 

boshqaTomonning maxfiy ma'lumotlarini (unga va/yoki hamkorlik jarayonida ega bo'lgan yoki 

ularni olishi mumkin bo'lgan natijasida), oshkor qilmaslikka va / yoki boshqa yo'llar bilan taqdim 

etmaslikka javobgar bo’ladi. 



14.18. Ushbu Bosh shartlardagi "maxfiy ma'lumotlar" atamasi, shartnoma munosabatlarini 

amalga oshirish jarayonida, Tomonlarga ma'lum bo'lgan va jamoatchilik uchun ochik bo'lmagan, 

cheklovsiz bank, texnik, moliyaviy va boshqa ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. 

14.19.  Mazkur  BSh  ning  amal  qilish  muddati  davomida,  shuningdek,  ularning  muddati 

o’tgandan so’ng, BSh da belgilangan hollar va/yoki bu qonun hujjatlari talab qilgan hollardan 

tashqari, tomonlar maxfiy ma'lumotlarni saqlab qoladi va har qanday uchinchi shaxsga bunday 

maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilmaydi va/yoki taqdim etmaydi. 



14.20.  Mijozning  shaxsiy  va maxfiy ma'lumoti  bankda  BSh va/yoki bank bilan  tuzilgan 

boshqa  shartnomalarning  amal  qilish  muddati  davomida  saqlanadi,  bunday  shartnomalarning 

amal  qilish  muddati  tugagan/bekor  qilingan  taqdirda,  bank  amaldagi  qonunchiligi  belgilangan 

muddatlarga asosan. 



14.21. Bank "bank siri to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga va O'zbekiston 

Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ma'lumotlarning maxfiyligini va bank sirini 

tashkil etuvchi Mijoz to'g'risidagi ma'lumotlarni saqlanishini kafolatlaydi. 

14.22.  Bank  sirini  tashkil  etuvchi  ma'lumotlar  bank  tomonidan  Mijozga  yoki  uning 

huquqiy vakiliga, uning murojaati asosida (yozma yoki elektron shaklda) berilishi mumkin. 



14.23.  Bank  sirini  tashkil  etuvchi  Mijoz  to'g'risidagi  ma'lumotlar  uchinchi  shaxslarga 

O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda taqdim etiladi. 



14.24.  Agar  bank  fikricha,  mijozning  harakatlarida  jinoyat  belgilariga  shubxa  bo'lsa, 

Mijoz bankka surishtiruv va dastlabki tergov organlariga bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotni 

oshkor  qilish  va  taqdim  etish  huquqini  O'zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlarida  nazarda 

tutilgan tartibda, shuningdek mijozning yozma roziligi ko'rsatilgan holda taqdim etadi. 



14.25.  Ushbu  BShning  14.14-bandida  ko'rsatilgan  maqsadlardan  tashqari,  Bank 

tomonidan Mijoz to'g'risidagi ma'lumotlar foydalanishi mumkin, shu jumladan quyidagilar bilan 

cheklanmasdan: 

14.25.1.  hisob  ochish  va xizmat  ko'rsatish  uchun  mijozdan  kelgan  arizalarni  qayta 

ishlash; 

 

 

 



saqlash; 

 


Yüklə 370,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin