Tasdiqlash haqida



Yüklə 168,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix06.10.2023
ölçüsü168,59 Kb.
#152765
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
54-сон 05.02.1999. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

(1.5.1.2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi
PQ-4938-sonli 
qaroriga 
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y.,
07/20/4938/1680-son)
1.5.1.3. Yong‘indan saqlash va qo‘riqlashni hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning texnikaviy
foydalanish qoidalari bilan nazarda tutilgan boshqa maxsus talablarni ta’minlash, ular faoliyatini
nazorat qilish xarajatlari.
Idoradan tashqari qo‘riqlash xarajatlari bunday qo‘riqlash mavjud bo‘lishini talab qiluvchi
mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar mavjud bo‘lgan taqdirda mahsulot (ishlar, xizmatlar)
tannarxiga kiritilishi mumkin.
1.5.1.4. Ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarni joriy ijaraga olish bilan
bog‘liq xarajatlar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
1.5.1.5. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlaridagi fondlarni saqlash va ulardan foydalanish
xarajatlari, shu jumladan atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun
kompensatsiya to‘lovlari.
(1.5.1.5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyundagi 270-sonli 
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 92-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
1.5.1.6. Ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan va qonunchilikda nazarda tutilgan
mehnatning normal sharoitlarini va texnika xavfsizligini ta’minlash xarajatlari.
(1.5.1.6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.5.1.7. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lgan
sog‘liqni muhofaza qilish tadbirlari.
1.5.1.8. Tekin ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar xodimlariga
oziq-ovqatlar qiymati, xo‘jalik yurituvchi subyekt xodimlariga beriladigan tekin uy-joy haqini to‘lash
xarajatlari (yoki uy-joy, kommunal xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summasi).
Oldingi
 tahrirga qarang.
1.5.1.9. Amaldagi qonunchilikka muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy foydalanishda qoladigan
buyumlar qiymati (shu jumladan formali kiyim-bosh, maxsus ovqatlar) (yoki ular pasaytirilgan
narxlar bo‘yicha sotilishi munosabati bilan imtiyozlar summasi);
(1.5.1.9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.5.1.10. Ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan boshqaruvning texnik vositalarini, aloqa
uzellarini, signalizatsiya vositalarini, boshqaruvning boshqa texnik vositalarini, hisoblash
markazlarini saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari.
Oldingi
 tahrirga qarang.
1.5.1.11. Qonunchilikka muvofiq ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarni tibbiy ko‘rikdan
o‘tkazganlik uchun tibbiy muassasalarga haq to‘lash.
(1.5.1.11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
1.5.2. Ishlab chiqarish xodimlarini ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan xizmat safarlariga
yuborish bo‘yicha xarajatlar.
(1.5.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil15-oktabrdagi 444-sonli 
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )
Oldingi
 tahrirga qarang.
1.5.3. Ishlab chiqarish xodimlarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy va ixtiyoriy sug‘urta
qilish xarajatlari.
(1.5.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli 
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )
1.5.4. Brak tufayli kelib chiqadigan yo‘qotishlar.
1.5.5. Ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko‘ra bekor turishlar tufayli yo‘qotishlar.


1.5.6. Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli
xizmat ko‘rsatish xarajatlari.
1.5.7. Mahsulot (xizmatlar)ning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari.
1.5.8. Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo‘qolishi munosabati bilan tegishli
vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz to‘lanadigan nafaqalar.
1.5.9. Umumiy foydalaniladigan yo‘lovchilar transporti xizmat ko‘rsatmaydigan yo‘nalishlarda
xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog‘liq xarajatlar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
1.5.10. Obyektlarni davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga qurishda qurilish tavakkalchiliklarini
sug‘urta qilish bilan bog‘liq xarajatlar.
(1.5.-kichik bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-iyundagi 261-sonli 
qarori
asosida 1.5.10-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2003-y., 11-son, 88-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
1.5.11. Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan bog‘liq
xarajatlar, ishlab chiqarish maqsadida bo‘lmagan mol-mulk yuzasidan belgilangan tartibda.
1.5.12. Qazib oluvchi tarmoqlarda tayyorgarlik ishlari bo‘yicha xarajatlar, agar ular kapital
xarajatlarga tegishli bo‘lmasa (ya’ni asosiy vositalar sifatida kapitallashtirilmasa). Ushbu xarajatlar
“Kelgusi davrlar xarajatlari” sifatida qaraladi va ularni qaytarishning belgilangan muddati
mobaynida teng ravishda ishlab chiqarish tannarxiga yoki qazib olingan mahsulotning hajmi va
miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi. Kelgusi davrlar xarajatlarini hisobdan
chiqarishning tanlangan metodi xo‘jalik yurituvchi subyektning hisobga olish siyosatida aks
ettirilishi kerak.
(1.5.-kichik bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli
qarori
 asosida 1.5.11 va 1.5.12-bandlar bilan to‘ldirilgan— O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )
Oldingi
 tahrirga qarang.
1.5.13. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan xodimlarga vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar qonunchilikda
belgilangan tartibga muvofiq.
(1.5.13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Yüklə 168,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin