II. O’quv fanining maqsad va vazifalari
Tikuv buyumlarini konstruksiyalash” fanini o’qitishdan maqsad – material xossalsri, moda yo’nalishi, kostyum kompozitsiyasi asoslariga mos ravishda turli shakl, bichim, siluetdagi kiyim modellarini loyihalashning perspektiv va zamonaviy usullarini egallash uchun nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Tikuv buyumlarini konstruksiyalash” fanini o’zlashtirish jarayonida talaba:
Konstruktiv modellash usullari;
Fan va texnika yutuqlaridan foydalanib yangi kiyim modellarini sanoat sharoitida loyihalash yo’nalishlari tasavvurga ega bo’lishi;
Iste’molchi va ishlab chiqarish talablarini hisobga olgan holda turli materiallardan yelkali va bel kiyim konstruksiyasini ishlab chiqishni;
Turli kiyimlarning bichimi va tashqi shakliga, konstruksiyasiga qo’yiladigan talablarni;
Odam qomatida kiyim sifatini baholash usullari va mezonlarini;
Bazali va asos konstruksiyani modifikatsiyalash orqali erkaklar va ayollar kiyimlarini konstruktiv modellash usullarini;
Model eskizlarini taxlil qila olish va konstruktiv modellash bosqichlarining ketmaketligini tuzishni;
Konstruktiv modellshning ratsional usullaridan foydalanishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
Model eskizi bo’yicha kiyim konstruksiyasini ishlab chiqish;
Odam qomatida va manekenda kiyim maketini yaratish;
Kiyimlarni sanoat usullida konstruksiyalash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Talim natijalari (Learning Outcomes)
Dostları ilə paylaş: |