Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Haar tez o‘zgartirishlari asosida ikki o‘lchovli signallarni spektral koeffitsiyentlarni hisoblashning algoritmi ishlab chiqilgan;
tez o’zgartirishlar asosida maxsus protsessorlar uchun bir va ikki o’lchovli geofizik signallarni raqamli ishlashning parallel algoritmlarini ishlab chiqilgan;
elektroprofillash usuli yordamida olingan elektr qarshilik signallarni anomal zonalarini aniqlash va chuqurlikda tarqalishini uch o’lchamli modelini vizual ifodalash algoritmini ishlab chiqilgan;
Haar tez o‘zgartirishlari asosida elektroprofillash usuli yordamida olingan elektr qarshiliklarini tarqalish zonalarini aniqlashning parallel algoritmlari va dasturiy majmuasi ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati signallarni raqamli ishlashda tezkor algoritmlar va parallel algoritmlar ishlab chiqish uchun nazariy va uslubiy asoslar bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati geofizik signallarni raqamli ishlash uchun bo‘lak-polinomial bazis usullari, parallel algoritmlari va ular asosida ishlab chiqilgan dasturiy vosita katta hajmdagi signallarga raqamli ishlov berish jarayonlarini tezligi va sifatini oshirish bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi.Dissertatsiyaning ilmiy va amaliy natijalari 10 ta xalqaro va 6 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan.
Dissertatsiya ishi natijalarini nashrlarda yoritilishi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha jami 28 ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 9 ta maqola, 2 tasi xorijiy va 7 tasi respublika jurnallarida nashr qilingan hamda 3 ta EHM uchun yaratilgan dasturiy vositalarni qayd qilish guvohnomalari olingan.