«Tasdiqlayman» «Audit» kafedrasi mudiri prof. I. Qo’ziyev



Yüklə 109,5 Kb.
səhifə1/2
tarix13.12.2022
ölçüsü109,5 Kb.
#74464
  1   2
Аудит курс иши мавзулари 2022-2023


«Tasdiqlayman»
«Audit» kafedrasi mudiri
prof. I.Qo’ziyev «__________»


2022/2023 o’quv yili uchun «Audit» fanidan kurs ishini tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar

Kurs ishi tasdiqlangan o’quv rejada ko’zda tutilgan ta’lim yo’nalishlarida bajariladi. Kurs ishi o’quv rejaga ko’ra 5230900 – “Buxgalteriya hisobi va audit” (real sektor bo’yicha) ta’lim yo’nalishida nazarda tutilgan. “Audit” fanidan kurs ishi muayyan mavzu bo’yicha umumiy yaxlitlikka ega ilmiy-amaliy fikrlarni aks ettiruvchi loyihaviy ish hisoblanadi. Kurs ishi auditorlik faoliyati rivojlanishi darajasiga doir masalalarni aks ettirishga mos kelishi talab etiladi.


Kurs ishi mavzuning dolzarbligi va erishilgan natijalarning amaliyotga tadbiqi, uning uslubiy darajasi hamda rasmiylashtirilishiga qarab baholanadi. Kurs ishini bajarishning muhim bosqichi rejada belgilangan savollar yoritilishida o’zaro nazariy va amaliy aloqadorlikni ta’minlashdir. Kurs ishining tarkibiy tuzilishini to’g’ri shakllantirish talabaga uning maqsadi va vazifalarini aniq belgilab olish hamda ko’zlangan natijaga erishish yo’llarini, shuningdek, kurs ishini tayyorlash bosqichlarini ketma-ket bajarishga imkon yaratadi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishini to’g’ri ishlab chiqilishi talabaga izlanishning oldiga qo’yilgan maqsad hamda natijalarini aniq ifodalash, fikrlarni mantiqiy bayon etish uslublari va kurs ishini tayyorlash bosqichlarini ajratish imkonini beradi.
Kurs ishi talabaning salohiyati hamda fan bo’yicha chuqur bilim va amaliy ko’nikmaga egaligini namoyon qiladi. Kurs ishida o’rganiladigan masalalarning nazariy jihatlari, aniqlangan muammolarini, qo’yilgan vazifalarni tahlil qilish hamda muammolarni hal etishni ko’zlagan holda reja tuziladi va shu asosida bajariladi. Talaba kurs ishi bo’yicha izlanish natijalarini yoritishda auditni tashkil qilishning o’ziga xosligi, xorijiy davlatlarning tajribalari va orttirgan amaliy yutuqlarni umumlashtirgan holda belgilangan muammolarning echimi yuzasidan yo’l-yo’riqlarni ishlab chiqadi va ularni bartaraf etish yo’llarini tavsiya etadi.
Kurs ishini himoya qilishga quyidagi umumiy talablar qo’yiladi:
- o’rganilayotgan muammo bo’yicha mavjud iqtisodiy adabiyotlarni chuqur tahlil qilish;
- kurs ishida chizma va jadvallarni muayayn tizimga keltirilgan holda rasmiylashtirish;
- kurs ishi bo’yicha to’plangan materiallarni tanqidiy o’rganish;
- xulosa va tavsiyalarning asoslab berilishi;

  • talaba tomonidan fikrning ketma-ketlikda, muayayn izchillikda bayon qilinishi;

  • qo’yilgan talablar bo’yicha kurs ishining rasmiylashtirilishi.


Yüklə 109,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin