Tasdiqlayman” “Biologiya” kafedra mudiri: b f. n.(PhD)I. Z. Baxramov



Yüklə 16,52 Kb.
tarix20.12.2023
ölçüsü16,52 Kb.
#187253
3- labaratoriya-ish


TASDIQLAYMAN”
Biologiya” kafedra mudiri:
__________b.f.n.(PhD)I.Z.Baxramov
3-laboratoya mashg`uloti
Mavzu: Baqaning nerv-muskul preparatini tayyorlash.
Maqsad: Nerv - muskul preparatini tayyorlash va unda qo’zg’alish jarayonini kuzatish.
Kerakli jihozlar: Preparoval asboblar yig‘indisi, jomcha, doka salfetkalar, jarrohlik stoli, Ringer eritmasi va baqa.


Nazariy ma’lumotlar: Mushak va asabning fiziologik xossalarini o‘rganish uchun ko‘pincha baqaning orqa oyoqlaridan tayyorlangan asab va mushak preparatlaridan foydalaniladi. Boldir mushagi va uni innervatsiya qiluvchi quymich asabi klassik asab-mushak preparati hisoblanadi.
Asab-mushak preparatini tayyorlab, unda yuzaga keladigan qo’zg’alish jarayonlarini ko’rsatish orqali talabalarda qo’zg’alish, qo’zg’aluvchan to’qimalar va ularning o’ziga xos xususiyatlari borasida yetarlicha tasavvur uyg’otish mumkin. Qo’zg’aluvchan to’qimalar faoliyati tufayli organizmda muskullar qisqarishi kabi jarayonlar sodir bo’lishini amalda isbotlab berish talabalarning qo’g’alish va tormozlanish jarayonlari haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi.


1-ish. Baqaning nerv-muskul preparatini tayyorlash
Ishning tartibi:
Muskul va nervning fiziologik xossalarini o‘rganish ko‘pincha baqaning orqa oyoqlaridan tayyorlangan nerv va muskul preparatidan foydalaniladi. Boldir mushagi vya uni innervatsiya qiluvchi quymich nervi klassik nerv-muskul preparati hisoblanadi.
Tajriba o‘tkazish tartibi. Baqa harakatsizlantirilgach, tanasining pastki qismi salfetkaga o‘raladi, so‘ng katta qaychi yordamida umurtqasi bel qismining 1 sm yuqorisidan kesiladi (1-rasm, a).

1-rasm. Nerv-muskul preparatini tayyorlash bosqichlari. Izohi matnda berilgan.

Shundan keyin baqaning orqa oyoqlaridan ushlanib, qaychi bilan terisi, muskullari, ichki organlari kesiladi va tanasining old qismi bilan birga olib tashlanadi. Orqa oyoqlaridan terisi shilib olinadi. Buning uchun 2 ta salfetka olinib, biri umurtqa pog‘onasining qoldig‘idan, boshqasi baqa terisidan ushlanib, qo‘lning tez harakati bilan teri uning orqa oyoqlaridan shilib olinadi. Ayrim tajribalarda foydalanish uchun baqaning orqa oyog‘idan preparat olinadi (1-rasm, b).


Orqa oyoqlar preparati umurtqa pog‘onasi qoldig‘idan chap qo‘lga olinadi, natijada dum suyagi yuqoriga bo‘rtib chiqadi va u qaychi yordamida kesib tashlanadi (1-rasm, g). Shundan keyin qorin (ventral) tomonga ag‘dariladi. Hosil bo‘lgan darcha orqali ko‘z nazoratida qaychi bilan orqa oyoqlar preparati umurtqa pog‘onasi va tos suyaklari chigali nervlarini jarohatlamagan holda o‘rtasidan uzunasiga kesiladi va orqa oyoqlaridan ikkita preparat olinadi (1-rasm, v, d). Hosil bo‘lgan preparatning biri Ringer eritmasi bilan stakanda saqlanadi, ikkinchisidan esa nerv-muskul preparati tayyorlashda foydalaniladi.
Nerv-muskul preparatini tayyorlash tovon (Axill) payi tomonidan boshlanadi. Axill payi tagiga qaychining bir dami o‘tkazilib, boldir mushagi uzunasiga ajratiladi va Axill payi kesiladi. Payning so‘nggi qismi pinset bilan ushlangan holda boldir mushagini atrofdagi boshqa to‘qimalar bilan birlashtiruvchi fassiya uziladi va boshqa tomonga ajratiladi.
Nervni preparovka qilishda preparat orqa (dorsal) tomonga ag‘dariladi. Qo‘llarning ikkala bosh barmoqlari yordamida son muskullari ikki tomonga ajratiladi va chuqurlikda yotgan nerv jildiriladi. SHisha ilgak yordamida nerv umurtqa pog‘onasidan boshlab to tizza bo‘g‘imigacha ajratiladi. Keyin nerv chiqqan umurtqa pog‘onasi nerv bilan tos suyagidan ajratib, kesib olinadi, quymich nervining taroklari kesiladi. Nervlar tizza bo‘g‘imigacha ajratilgach, orqa oyoqning tizza bo‘g‘imi yuqori va pastki qismlaridan kesiladi (1-rasm, j) va nerv-muskul preparati olinadi (1-rasm, z). Izolyasiya qilingan muskul preparatini tayyorlash uchun nerv-muskul preparatidan nerv kesib tashlanadi (1-rasm, e).


Ishni rasmiylashtirishga oid ko`rsatmalar: Nerv-muskul preparatining rasmini chizib, uning qismlarini belgilab chiqing va undan qaysi maqsadlarda foydalanishni ko‘rsating. Talabalar berilgan barcha ishlarni bajarib, rasmlarini chizadilar va xulosalarin rasmiylashtiradilar


Nazorat uchun savollar:
1.Eshituv va muvozanat analizatori haqida ma'lumot bering.
2.Tovush signallarning fizik tavsifi.
3.Eshituv sezgilarning paydo bo'lishi qanday amal^a oshiriladi?
4.Vestibular apparat nima?


Adabiyotlar:

  1. Almatov K.T., Allamuratov SH.I. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” –

T.: O‘zMU, 2004.

  1. Almatov K.T., Klemesheva L.S., Matchanov A.T., Allamuratov SH.I.

“Ulg‘ayish fiziologiyasi”. -T.: O‘zMU., 2004.

  1. Nuriddinov.E.N. “Odam fiziologiyasi” T.: “A’loqachi” 2005

Yüklə 16,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin