8- mavzu. Qadimgi Arabiston tarixiga oid manbalar va tarixshunoslik
Reja:
Epigrafik yozuvlar.Jorj Xalevi va Eduard G’lazer lar-g’arbiy evropalik qadimgi yozuvlarni o’rgangan yirik namoyandalar 1983-1987 yillardagi Yamanga Sovet ilmiy ekspiditsiyasi. Yamanlik olimlar-al-Aryoni va A.Sharofuddin. Diniy manbalar.Quro’n va hadis-islom tarixini organishda muhim manba. Antik davr mualliflarining qoldirgan ma’lumotlari.G’arb sharqshunosligi tadqiqotlari.
9- mavzu. Arabiston yarim orolida vujudga kelgan eng qadimgi jamiyatlar va qadimgi davlatlar
Reja:
Yamanda olib borilgan arxeologik izlanishlar. Qadimda hozirgi Yaman hududida chorvachilik va dehqonchilik. Main davlati. Sabo davlati. Sabo malikasi hamda Sulaymon qissasi. Marib to‘g‘onining buzilishi va Sabo davlatining halokati. Himyar mamlakati. Ikkinchi Himyar davlati podsholari. Vizantiya va Eronning Yman uchun kurashi. Nabotiylar davlati. Horis nabotiylarning birinchi podshohi. Nabotiy-yahudiy aloqalari. Tadmur davlati. Laxmiylar davlati. Munzir III – Laxmiylar davlatining mashhur hukmdori. G‘assoniylar davlati. Horis II. G‘assoniylar davlatining qulashi. Kinda davlati.
10-mavzu. Arabiston yarim orolida islomdan oldin mavjud bo’lgan dinlar
Reja:
.Makka shahar-davlati. Makka – barcha arablarning muqaddas shahri. Makkada Quraysh qabilasining boshqaruvi. “ Dor an-Nadva”- oqsoqollar majlisi. Shahar boshqaruvi. Hoshim, Abd-al-Muttalib, “Fil voqeasi”, Ahabaysh-qabilalarining harbiy ittifoqi. Makka Arabiston yarim orolining siyosiy, diniy va savdo markazi.
Poletizm (al-Vasaniya)-islom kelgunga qadar arablarning butparastlik davri. Ibn al- Kalbiyning “Kitob al-asnom” asari, Qur’oni karimda zikri kelgan butlar.
Arabiston yarim orolida yahudiylik, xristianlik, zardushtiylik, dinlarining tarqalishi. Islomdan oldingi Arabistonda xristian missionerlarning faoliyati. “Tashqi” dinlarning arab jamiyatiga ta’siri.
11- mavzu. Islom dinining vujudga kelish omillari.
Reja:
Har qanday dinning vujudga kelishini ilmiy-nazariy va diniy talqini. Islom dinining paydo bo’lishi yuzasidan qanday? Qachon? Qayerda? Kabi savollarga javob berish. Mazkur savollar borasida ilmiy adabiyotda ikki yo`nalish mavjud. Islom dinining vujudga kelishida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hamda ma’naviy-ma’rifiy omillari. Qur’oni karimda kelgan “ Hanif” , “Sobi’” va “Dahriy” tushunchalari. Makkadagi jamiyatlarida johiliyat unsurlari nimalarda aks ettirgan edi? Islom kelishidan oldingi arablarda “ Alloh” tushunchasi. Arablarda yakkaxudolik g`oyalarinining shakllanishi.
Dostları ilə paylaş: |