Mutaxasis tayyorlashda amaliyot dasturining o‘rni
Mutaxassis tayyorlashda o‘quv amaliyoti ‘‘Neft va gaz quduqlarini ekspluatatsiya va qidiruv maqsadlarida burg‘ilash ishlari “kasbi bo‘yicha dasturining kasbi doirasida amaliyotning tashkil etishning o‘rni va ahamiyati shundan iboratki,professional ta’lim tizimidagi ta’lim muassasalarida maxsus fanlar kesimida o‘quv amaliyoti ishchi o‘quv dasturlarini va malaka talablari yangi modeli va mazmunini kompetensiyaviy yondoshuvlar asosida ishlab chiqish, takomillashtirish professional ta’lim darajasi (boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus)ning o‘qitish materiallarini va didaktik materiallarni yaratishda asos bo‘lib xizmat qiladi.O‘quv amaliyotining ishchi o‘quv dasturi tegishli mutaxassislik tayyorlash uchun asosiy hujjat hisoblanadi. Shuningdek, mutaxasis tayyorlashda amaliyot dasturining o‘qitish natijasi belgilangan aniq ketma-ketlik asosida va umumiy, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga mo‘ljallangan. Mazkur yo‘riqnomada ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bosqichlariga qo‘yiladigan talablar belgilab qo‘yilgan. Mutaxasis tayyorlashda amaliyot dasturining o‘rni va dolzarbligi shundan iboratki, kasbiy tayyorgarlikni ta’minlash va ta’lim dasturlarini amalga oshirishda kasb standartlari va talablariga muvofiq ,mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda kompetensiyaga asoslangan yondashuvni hisobga olgan holda o‘quvchilarni amaliy mashg‘ulotlarini natijalarini baholash bo‘yicha yagona yondashuvga mezoni hisoblanadi.
O‘quv amaliyotining maqsad va vazifalari
Amaliyot mashg‘ulotining maqsadi:
Burg‘ilash uskunalarining tavsifnomasi. Burg‘ilash uskunasi to‘g‘risida ma’lumotlar. Burg‘ilash uskunasining turlari va asosiy ko‘rsatkichlari. Burg‘ilash uskunasining komplekti. Burg‘ilash uskunalarini joylashish sxemasi. Burg‘ilash uskunalarining qurish yo‘llari. Burg‘ilash minoralari turlari va asosiy ko‘rsatkichlari. Burg‘ilash lebedkasi rotor, burg‘ilash nasosi, vertlyug va shlanglar, turboburlar, elektroburlar haqida qisqacha tushuncha. Burg‘ilash uskunalarini qurishda atrof muhitni himoya qilish ishlari.
Amaliyot mashg‘ulotining vazifalari:
Ko‘tarma qurilmalarni yig‘ish va bo‘laklash, mukammal ta’mirlashga tayyorgarlik ishlari, nasos-kompressor va burg‘ilash quvurlarini o‘rnatish; yuvuvchi nasos ishi ko‘rsatgichlarini kuzatish, mashina va avtomatik kalitlarni ilib o‘rnatish, aylanish tizimi va uni shlamlardan tozalashni kuzatish; uskuna va jihozlarni tekshirish va moylash;
Bevosita burg‘ulash quduqlarda uskuna va anjomlarning joriy ta’miri,rotor uzatmasining soz holati, suyuqliklarni to‘ldirish ko‘rsatgichlari, tamponajlovchi aralashma va reagentlarning nazorat kilish.
Dostları ilə paylaş: |