“TASDIQLAYMAN” Denov tuman 41-sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori. ______D.B.Badava “09” yanvar 2023-yil
Denov tuman 41-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotiningrivojlantirish jamgarmasi tasarruf etish komissiyasining B A YO N N O M A S I № ___
“ 09” yanvar 2023-yil Denov tuman
Raislik qiluvchi: Denov tuman 41-sonli maktabgacha
ta’lim tashkiloti direktori D.B.Badalova
Taklif qilindi: Kasaba uyushma qo‘mitasi
raisi: I.M.Sirojiddinova
Qatnashdilar: MTT xodimlari
jami 18 nafar
Kotib: N. Razzoqova
KUN TARTIBIDAGI MASALA Denov tuman 41-son Maktabgacha ta’lim tashkilotida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan faoliyat olib borayotgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni ko‘rib chiqish haqida.
Y I G‘ I L I SH N I N G B O R I SH I Kun tartibidagi masala bo‘yicha Denov tuman 41-sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori D.Badalova so‘zga chiqib, yig‘ilishni ochiq deb e’lon qildi. Barchani yaqinlashib kelayotgan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan tabriklab, o’z vazifasini sidqidildan bajarayotgan, barkamol avlodni yetuk etib tarbiyalashda o’z hissalarini qo’shgan xodimlarni rag’batlantirish haqida ta’kidlab o’tdi. Denov tuman 41-sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti Kasaba uyushmasi raisi I.Sirojiddinova tashkilot xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni ko‘rib chiqish haqida ma’ruza qildi.
Ma’ruzada Denov tuman 41-son Maktabgacha ta’lim tashkiloti qorovullari Maxsimov Jamoliddin Jovmurodovich, Rasulov Abdumalik G’afforovich ish faoliyatini samaradorligini oshirishda o‘z hissasini qo‘shganligi, ish faoliyati davomida ishga vijdonan yondashganliklari aytib o‘tildi.
Yig‘ilishda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi I.Sirojiddinova so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020-yil 20-noyabrdagi №187-sonli “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining shtatlar jadvali va tarifikasiyasini tuzish, xodimlarning ish vaqtini hisobga olish va ish haqini hisoblash bo‘yicha metodik ko‘rsatmalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan rag‘batlantirish lozimligini aytib o‘tdi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan xodimlarni samarali va vijdonan ishlashga, xizmat vazifasida sadoqatli munosabatlari bilan hamkasblariga na’muna bo’layotgan, jamoat ishlariga faol qatnashayotgan xodimlarni 1(bir) oylik maosh miqdorida moddiy rag‘batlantirish lozim deb topildi.
Masala yuzasidan pedagoglardan Mirzayeva Jumagul, Tojiboyeva Hilola o’z fikr mulohazalarini bildirdi. Suxbat davomida yig‘ilish qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga tashkilot direktori D.Badalova va yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan javoblar berilib, yig‘ilishga yakun yasaldi.
Kun tartibidagi masalani ko‘rib chiqib, so‘zga chiqqanlarning fikrlarini eshitib yig‘ilish
Q A R O R Q I L A D I:
1.Kun tartibidagi masala bo‘yicha tashkilot xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni ko‘rib chiqish haqida tashkilotning Kasaba uyushmasi raisi I. Sirojiddinovaning qilgan ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020-yil 20-noyabrdagi №187-sonli buyrug‘iga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan Denov tuman 41-sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti qorovullari Rasulov Abdumalik va Maxsimov Jamoliddinlar ish faoliyati davomida o’z vazifasini sitqidildan bajarganliklari sababli 1 (bir) oylik maosh miqdorida moddiy rag‘batlantirilsin.
3.Qarorning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Yig‘ilish kotibi: N. Razzoqova
Yig‘ilishda qabul qilingan qarorni maqullagan komissiya a’zolari.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti
tarbiyachi: J. Mirzayeva
Maktabgacha ta’lim tashkiloti
tarbiyachisi: V. Xodjayeva
Maktabgacha ta’lim tashkiloti
tarbiyachisi: H. Tojiboyeva
Maktabgacha ta’lim tashkiloti
tarbiyachi yordamchisi: R. Sulaymonova
Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi: I. Sirojiddinova