Taqdimot tayyorlash bo’yicha metodik tavsiyalar: Maqsad. Talabalarni o‘z mehnati evaziga bilim olishga yo‘naltirish, ya’ni aqliy mehnat bilan shug‘ullanish ko‘nikmasini mustaqil ravishda shakllantirish – bilim, ko‘nikma, malaka va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish.
Vazifasi: 1. O‘qib o‘zlashtirilgan bilimlar asosida mavzuga doir tushunchalar, kalit so‘zlarni saralash-tahlil qilish;
2. Umumiy nazariy bilimlardan asosiy qismlarini ajratib olib, aniq, qisqa, lo‘nda fikrlarni yozish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
3. Nazariy bilimlarni og‘zaki bayon etib berishni ichki rejasi shakllantirish.
4. Nazariy bilimlarni hayotiy misollar bilan asoslab, isbotlab berish ko‘nikmasini egallash;
5. Talaba o‘qib, o‘zlashtirgan bilimlarni assosiy tushunchalarini ajratib olib, axborot texnologiyasidan foydalanib og‘zaki bayon etadi.
6. Bilimlar xotirada mustahkamlanadi, AKT texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasi rivojlanadi.
Taqdimot nima va u qanday tayorlanadi? -Reja, matn va tezislarni birlashtirish tushuniladi;
- mavzuning mantig‘ini ko‘rsatadi;
-asosiy tushunchalar, xulosa, dalillar, isbotlar, uslublarni o‘zida mujassam etadi;
-materialga nisbatan uning tuzuvchisiga munosabatini aks ettiradi;
-faqatgina tuzuvchi emas, balki boshqa kitobxon tomonidan ham foydalanish mumkin.
-taqdimot tayyorlashda uzun matnlardan foydalanish tavsiya etilmaydi, asosiy tushunchalar, grafiklar, rasmlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Taqdimot tayyorlashda nimalarga e’tibor qaratish muhim? -NIMA HAQIDA gap ketishiga;
-NIMALAR tasdiqlanishiga;
-QANDAY isbotlanishiga.
2-Topshiriq. Mavzuga oid keys tuzib kelish.
Keys tuzish bo’yicha metodik tavsiyalar: 1. Keysning mohiyati va uni qo’llash shartlari bilan tanishib chiqish.
2. Muammoni taqdim etish (muammoli vaziyat).
3. Keys savollarini tuzish va savollariga javob topishga harakat qilish.
4. Muammo bo’yicha ikkinchi darajali masalalarni ajratish, shakllantirish, asoslash.
5. Tadqiqot metodini tanlash va vaziyatni tahlil qilish.
6. Taqdim etilgan muammoning amaliy jihatlarini o’rganish.
7. Muammoni yechishning usul va vositalarini aniqlash.
8. Keys yechimni asoslash va bayon etish.