Chipta № 1.Terapiya bo’limining muolaja hamshirasi ertalab soat 8da ishga keldi.Muolaja xonasini ishga tayyorlashi kerak.
1.Muolaja xonasida qanday tozalov turlari olib borish kerak.
2.Qanday dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanishi kerak
2. Vaziyatli masala.
Bola 6 oylik bo’lgan, sun’iy ovqatlantiriladi, birdan tana harorati ko’tarilgan, qusgan, tez-tez suyuq ichi o’tyapti,najas rangi och sariq. Bola 500gr vaznini yo’qotgan, ko’zlari kirtayib qolgan, to’qimalar turgori susaygan.
A)Hayotiy ko’rsatkichlarni aniqlang
B)Hamshira tashxisini qo’ying.
C)Parvarish rejasini tuzing
3. Kasalxonadan tashqarida tug’ishda ayollarga shifokorgacha birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish algoritmi bo‘yicha bajarib ko‘rsating.
«Tasdiqlayman»
Ishlab chiqarish ta’lim bo’yicha
direktor o’rinbosari
_______________AAbduraxmonov
“22 may 2023-yil”
Chipta №
1. Bemor K 50 yosh 5yildan beri surunkali piyelonefrit kasalligi bilan og’riydi.Oxirgi kunlarda kasallik kuchayib, belda og’riq , achishib siyish, ko’p siyish, istima 38 gradusga ko’tarila boshlaganiga shikoyat qiladi.A/B 120/70mm.sm.ust. puls 90ta, bemor darmonsiz rangi oqargan, Pasternatskiy simptomi chap tomonda musbat.Shifokor davolash muolajalari bilan birga siydik taxlillarini buyurdi.
1.Siydikni qanday taxlillarga yig’ish mumkin.
2.Nicheporenko bo’yicha siydik yig’ishni ayting.
3.Siydik taxlili uchun yo’llanma yozib bering.
2. Vaziyatli masala.
Bolalar kasalxonasida 5-palatada 6ta bemor bir xonada davolanyapti.M ismli bemorda boshi, badani qichishib, takrorlanib turadi.Hamshira tekshirganida sochi va kiyimida bit borligi aniqlandi.
A)Hamshira tashxisini qo’ying.
B)Hamshira parvarishini amalga oshiring.
3. Suyak ochiq sinishida shifokorgacha birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish algoritmi bo‘yicha bajarib ko‘rsating.
«Tasdiqlayman»
Ishlab chiqarish ta’lim bo’yicha
direktor o’rinbosari
_______________AAbduraxmonov
“22 may 2023-yil”