bu yerda: O‘B- semestrda talabalarning olgan o‘rtacha bahosi;
MO‘B – mashg‘ulotlarda to‘plagan o‘rtacha bahosi;
MTB – mustaqil ta’limdan olgan bahosi;
ONB – oraliq nazorat turining test shaklida olgan bahosi.
3 – mashg‘ulotlar, mustaqil ta’lim va oraliq nazorat shakllari
Agar talabaning o‘rtacha bahosi 3 bahoga yetmasa yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat turi semestr yakunida talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish shakli Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi tomonidan belgilanadi va ishlab chiqish uchun fakul’tet dekaniga taqdim etiladi.
Nazorat turlari bo‘yicha materiallar 6 oy mobaynida saqlanadi.
Talabalar bilimini baholash mezoni (TBBM):
Baho
|
Talabalarning bilim darajasi
|
5 – “A’lo”
|
Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilgandayu
|
4 – “Yaxshi”
|
Talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda.
|
3 – “Qoniqarli”
|
Talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda.
|
2 – “Qoniqarsiz”
|
Talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda.
|
Dostları ilə paylaş: |