__________________________________________________________ning
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni Muxofoza Kilish Akademiyaning
1-kurs “B” potok 1- guruh talabasi To’lqinov Eldor
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi xamda uning tizimi (Toshkent shahri va Toshkent viloyati hamda tuman (shahar) jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari)da amaliyotini o‘taganligi
natijalari bo‘yicha tayyorlangan
HISOBOTI
Men To’lqinov Eldor amaliyot dasturiga muvofiq 2022 yil 5 iyunidan – 27 iyungacha Toshkent viloyati Parkent tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha sudida amaliyotni o‘tab, amaliyot davomida quyidagi ishlarni bajardim: O‘zbekiston Respublikasi sud-huquq tizimi, ya'ni sudlar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan:
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi; O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat prosessual kodeksi; “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksi; “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risida”gi kodeksi va boshqalar bilan tanishdik.
Bizga nazariy asoslardan ma'lumki, birinchi instansiya shaklida sudda ish qo‘zg‘atishning ish hujjati ariza (shikoyat) tarzida namoyon bo‘lib, bugungi amaliyot kunida arizaning shakli va mazmuni qay tartibda shakllantirilgan bo‘lishi va ularning nusxalari, ilova qilinadigan hujjatlar, arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish tartibi va muddatlari va ularning rad etilishi haqida nazariy tushunchalar bilan bir qatorda amaliy ish materiallaridan misol sifatida ko‘rib chiqishga imkon yaratildi. Hamda sudya arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilishni rad etishning sabablari haqida batafsil to‘xtaldi, ya'ni:
ish jinoiy sudga taalluqli bo‘lmasa;
jinoiy sudning ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish haqidagi ajrimi mavjud bo‘lsa;
sudning ish yuritishida ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa rad etilishi amaliy-hayotiy misolar asosida tushuntirildi.
Shu bilan bir qatorda, arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkinligi qonunan belgilanganligi haqida aytib o‘tildi.
“Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda ish yuritish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga asosan, sudda ko‘rish uchun kelib tushgan barcha jinoyat ishlari jinoyat ishlarini qayd etish kitobi, jinoyat ishini hisobga olish varaqasiga hamda jinoyat ishlari bo‘yicha alifbo kitoblariga qayd etiladi. Sudning hukmi, ajrimi, qarori bekor qilinganidan keyin yoki ish qo‘shimcha tergovga yuborilganidan so‘ng qaytib kelgan ishlar sudga kelib tushgan kunidan boshlab ishlarni hisobga olish varaqasi va qayd daftariga yoziladi.
Qabul qiluvchi tashkilot tomonidan o‘tkazilgan amaliyot mobaynida ma'muriy sudlarda ish yuritish bo‘yicha qonunchilikda mustahkamlangan dastlabki ma'lumotlar, jinoiy ish va sud hujjatlari, sudning tarkibi va ishning jinoiy sudga taalluqli ekanligini qonunda belgilangan tartibda anglash, jinoiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining tarkibi, ularning huquq va majburiyatlari, sudda vakillikni amalga oshirishda qonuniy asoslar, ishni tashkillashtirishda dalillar va isbotlashning ahamiyatlilik darajasi, guvohlar bilan ishlash, sud xarajatlari qay tartibda taqsimlanishi, protsessual muddat bilan bog‘liq huquqiy holatlar; sud xabarnomalari va chaqiruvlari bilan bog‘liq tadbirlarni aniqlik asosida tashkillashtirish va ish qo‘zg‘atish, ariza (shikoyat)ning narmativ-huquqiy xujjatlarda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va uning mantiqan to‘g‘ri shakllantirilganligii; ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibi va sud muhokamasi xamda majlisi, ularda ishni ko‘rish jarayonlari, xal qiluv qarorini tuzish va uning mazmuni, sudning ushbu faoliyatdan keyingi harakatlari, jumladan, sud qarorini tushuntirish va ijroga ta'minlash kabi, ajrim, bayyonoma va iltimosnoma, sud hujjatlarini qayta ko‘rish, apellasiya, kassasiya hamda nazorat instansiyalarida ish ko‘rish qanday holatlarda amalga oshirilishi bilan tanishdim.
Ma'lumki, xalq ruhiyatida mamlakatda adolat hukm surayotganiga chinakam ishonch – sudning va mansab minbarida turgan shaxslarning harakatiga bevosita bog‘liq. Sud-huquq tizimini modernizasiya qilish bosqich sifatida tub o‘zgarish hosil qilinayotganiga esa barchamiz shaxsan guvohmiz. Albatta, so‘ngi davr sud-huquq tizimidagi o‘zgarishlarni yuqori baholagan holda, sud tizimini isloh qilish bo‘yicha shaxsiy takliflarimni berib o‘tmoqchiman. Amaliyot davrida shuni guvoxi bo‘ldimki, sudga murojaat qilib kelgan shaxslarga yengillik yaratish, fuqarolarga va shu qatorda xodimlarga qulaylik tug‘dirish maqsadida sud tizimidagi faoliyatni avtomatlashtirishni taklif etaman. Hususan, odamlar eng ko‘p murojaat qiladigan sohalardan biri-sud tizimida ham raqamlashtirish siyosatini jadal amalga oshirish, bu orqali aholini og‘irini yengil etish, ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berish va byurokratiya va korrupsiya holatlarini kamaytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini tezlashtirish choralariga alohida e'tibor qaratilishini taklif etaman. Bu degani sudga murojaat etayotgan fuqaro o‘zi bilan taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim.
Talaba:
_________________ _______________ ________________
(imzosi) (F.I.Sh.)
(Qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan amaliyot rahbarining qisqacha xulosasi)____________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________
_____________________________________________________________________________
Qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan amaliyot rahbari:
____________________ ________________ __________________
(lavozimi, unvoni) (imzosi) (F.I.Sh.)
Dostları ilə paylaş: |