bob. Musobaqaga hakamlik qilish va o‘tkazish tartibi
Musobaqani o‘tkazish bosh hakam hamda kibersport turlari bo‘yicha Assotsiatsiyaning zimmasiga yuklatiladi.
Nizom talablariga asosan, Assotsiatsiya xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma‘lumotnomasi, pasport (asl nusxasi)larini mandat komissiyasiga taqdim etadi.
Barcha darajadagi (mahalla-sektor-tuman, shahar, hududiy, Respublika) hakamlar hay’ati qarori qat’iy bo‘lib, o‘zgartirilmaydi, e’tirozlar (appelyatsiya) qabul qilinmaydi va qayta ko‘rib chiqilmaydi.
bob. Musobaqaning o‘tkazish shartlari va sport turlari.
Musobaqa quyidagi kibersport turlari bo‘yicha tashkil etiladi:
jamoaviy tartibdagi sport turlari:
CS:GO;
DOTA 2;
yakka tartibdagi sport turlari:
FIFA22;
PES22;
CS:GO
kibersport turi bo‘yicha jamoalar “LAN” hamda “online” rejimda bellashadi. Jamoada 5 ta kibersportchi va 1 zaxira kibersportchi bo‘ladi. Saralash bosqichlarida jamoalar 1 ta karta, “Play-Off’ bosqichlarida 3 tadan karta o‘ynaladi.
DOTA 2
kibersport turi bo‘yicha jamoalar “LAN” hamda “online” rejimda bellashadi. Jamoada 5 ta kibersportchi va I zaxira kibersportchi bo‘ladi. Saralash bosqichlarida jamoalar 1 ta karta, “Play-Off’ bosqichlarida 3 tadan karta o‘ynaladi.
FIFA22
kibersport turi bo‘yicha kiberfutbolchilar “LAN” hamda “online” rejimda bellashadi. O‘yin “Play Station 4” yoki “Play Station 5” o‘yin platformasida
o‘ynaladi. Saralash bosqichlarida jamoalar 1 ta g‘alabagacha, “Play-Off’ bosqichlarida 3 ta g‘alabagacha o‘ynaladi, Final esa 5 ta g‘alabagacha o‘ynaladi