122
Har bir o’qituvchi ana shu talablarga to’la javob bera oladigan bo’lishiga
ingilishi shart.
O’qituvchi jamiyat tomonidan qo’yilgan talablar bilan bir qatorda o’z faoliyatida
tevarak-atrofidagi kishilar, maktab ma’muriyati, hamkasblari, o’quvchilar va ularning
ota-onalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim.
O’qituvchining o’z ishidan nimanidir kutayotganligining o’ziyoq muhim
ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan
o’qituvchiga qo’yiladigan talablarga kelsada, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi,
lekin bu talablar hamma vaqt ham bir biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar
tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha xalq ta’limi bo’limlari va
maktab direktorlari o’qituvchining ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil
baholaydilar. Jumladan, xalq ta’limi bo’limlarining mudirlari o’qituvchidan birinchi
navbatda o’z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal
o’zlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari o’qituvchiga qo’yiladigan bunday
talablarni uchinchi o’ringa qo’yadilar. Shu bilan birga xalq ta’limi bo’limlarining
mudirlari o’qituvchilarning o’quvchilar va ota-onalar, maktab jamoasi bilan qanday
muloqotda bo’lishini bilishini naqadar ahamiyatga ega ekanligiga unchalik e’tibor
bermaydilar, maktab direktori esa bunday xislatlarni o’qituvchi shaxsiga quyiladigan
talablar ichida birinchi o’ringa qo’yadilar.
Dostları ilə paylaş: