Tasdiqlayman” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor professor O. R. Teshaev



Yüklə 49,9 Kb.
səhifə7/20
tarix02.01.2022
ölçüsü49,9 Kb.
#1639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Klinikasi va diagnostikasi. Kasallikning dastlabki alomatlari bola tug‘ilgandan keyingi dastlabki soatlarda uning qichqirishi va emishi vaqtida yengil sianoz ko‘rinishida yuzaga chiqadi. Keyinchalik, sianoz va nafas qisishi birmuncha yaqqol namoyon bo‘ladi va 1-2 yoshga kelib doimiy tusga kirib, hatto bola tinch turganida ham yo‘qolmaydi. Katta yoshdagi bemorlar nafas qisishi, tez charchash, bosh og‘rig‘i, jismoniy ishga layoqatsizlikdan noliydilar. Aksariyat bemorlar o‘rindan turolmay yotadi-lar. Ahvol tobora yomonlashadi. Bemorlarning teri qoplamlari ko‘kimtir tusga kiradi, barmoq bilanbosib ko‘rilganda, shu joyda asta-sekin yo‘qoladigan oqimtir dog‘qoladi. Ko‘pincha bemor badanida, o‘rta darajada kengaygan venalar ko‘rinib turadi, ular ko‘krak qafasi sohasida va bosh suyagi ustida ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tirnoqfalangalari nog‘ora tayoqchalari ko‘rinishiga kiradi. Mushak sistemasi sust rivojlanadi. Ko‘zdan kechirilganda aksari «yurak bukrisi» ko‘rinadi. Auskultatsiyada yurak cho‘qqisida I tonning qisqarganligi va o‘pka arteriyasi II ton sustlashganligi aniqlanadi. II—III qovurg‘alar orasida to‘sh suyagining chap chekkasida sistolik shovqin eshitiladi.

Davolash. Faqat jarrohlik usuli qo‘llaniladi. Fallo tetradasida jarrohlik amaliyotlari palliativ va radikal bo‘lishi mumkin.

Palliativ jarrohlik amaliyotlari aorta bilan o‘pka arteriyasi o‘rtasida tutashma (yo‘l) xosil qilinib, kuchsiz arterilizatsiyalangan qonning aortadan o‘pka arteriyasiga, toraygan qismini chetlab o‘tib, tushishi ta'minlanadi. Radikal jarrohlik amaliyotlari o‘pka arteriyasi stenozini bartaraf etish, qorinchalararo to‘siq nuqsoniga yamoq solishdan iborat bo‘ladi. Shunday yamoq, chiqish bo‘limining ehtimol tutilgan torayishini bartaraf qilish maqsadida, o‘ng qorincha devori kesmasiga tikiladi. Eng ko‘p tarqalgan amaliyotlarga Blelok-Tausig jarrohlik amaliyoti kiradi.

Bunda o‘ng o‘mrov osti arteriyasi va o‘pka arteriyasini o‘ng tarmog‘i orasida anastomoz qo‘yiladi. Odatda, radikal operatsiyadan oldin birinchi bosqichda palliativ usul qo‘llaniladi.


Yüklə 49,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin