o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning 201_ yil «____»dagi «_____»-son majlis bayoni bilan ma'qullangan.
Fanning o‘quv dasturi Toshkent Tibbiyot Akademiyasida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
Usmanxodjaeva A.A.
Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedra mudiri, dotsent, t.f.n.
Visogorseva O.N.
Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, t.f.n.
Taqrizchilar :
Fedorova M.V.
TTA ichki kasalliklar propedevtikasi XDT, gematologiya va kasb kasalliklar kafedrasi dotsenti. t.f.n.
Xamrabaeva F.I.
ToshVMOI gastroenterologiya va fizioterapiya kafedrasi mudiri t.f.d, professor
Fanning o‘quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy-uslubiy kengashida tavsiya qilingan (201_ yil ________dagi «_____» «____»-sonli bayonnoma)
Kirish Vrach nazorati, shifobaxsh jismoniy tarbiya va fizioterpiya bo‘yicha dastur. Davlat o‘qitish standarti asosida tuzilgan va tibbiy oliygohlarning tibbiy-pedagogika, davolash, stomatologiya fakultetlari uchun mo‘ljallangan. Dastur umumiy fizioterapiya, jismoniy reabilitatsiya va shifokor nazorati sohasida tibbiy ta'limni va ma'lumot savsiyasini oshirishga qaratilgan.
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari Fanlarni o‘qitishdan maqsad – aholini salomatligini yaxshilash va mustahkamlash, tibbiyot sifatini oshirishda davolash-profilaktik chora tadbirlarni amalga oshirish. Shifoxona, shifomaskan (sanatoriy) va ambulator (poliklinika) sharoitida turli kasalliklar bilan hastalangan bemorlarni davolashda, asoratlarini oldini olishda va profilaktika maqsadida fizikaviy va davolovchi jismoniy tarbiya usullarni qo‘llanishiga o‘rgatish.Aholining sog‘ligini mustahkamlash, ijtimoiy va maishiy sharoitlarga moslashishini (adaptatsiyasini) yaxshilash. Shifokor nazoratida -jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanganligini, organizmning funksional holatini, asosiy tizimlarni holatini, jismoniy yuklamalarning organizmga ta'sirini, organizm tomonidan berilayotgan javob reaksiyalarini baholashni o‘rgatish.
Fanning vazifalari:
fizik muolajalarni organizmga ta'sir etish mexanizmini, turli kasalliklarda davolash, asoratlarining oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida qo‘llanilishini o‘rgatish;
turli kasalliklarda davolash va reabilitatsiya davrida To’laqonli kompleks tuzib organizmni sog‘lomlashtirishda oqilona foydalanishni o‘rgatish;
jismoniy mashqlarning organizmga ta'sir etish mexanizmini, turli kasalliklarda davolash, asoratlarining oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida qo‘llanilishini o‘rgatish;
davolash va reabilitatsiya davrida davolovchi jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlarini, vosita va shakllarini to‘g‘ri tanlashni va qo‘llashni o‘rgatish;
aholining turli kontingentlari orasida, ularni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga ko‘nikishlari uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish qoidalarini o‘rgatish;
aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, ijtimoiy va maishiy sharoitlarga moslashishini (adaptatsiyasini) yaxshilash uchun jismoniy yuklamaning organizmga ta'sirini baholash usullarini o‘rgatish.