Tasdiqlayman” O'quv ishlari bo'yicha prorektor S. Xodjaniyozov


-Mavuz: Huquq darslarida pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish. Huquq fanlarini o’qitishda innavatsion texnologiyalarini tadbiq etish yo’llari



Yüklə 461,14 Kb.
səhifə65/100
tarix02.12.2023
ölçüsü461,14 Kb.
#170992
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   100
Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org

7-Mavuz: Huquq darslarida pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish. Huquq fanlarini o’qitishda innavatsion texnologiyalarini tadbiq etish yo’llari.
REja;
1. Huquq darslarida pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish
2. O`qitish metodikasi tarixiga bir nazar
3. Huquqni o`qitishda suqrot metodidan foydalanish.
Texnika tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bevosita bog‘liq holda fanga 1872 yil kirib kelganligini ta’kidlash lozim. U yunoncha «texnos», ya’ni san’at, mahorat, hunar, shuningdek, «logos»- fan so‘zlaridan tashkil topib, mahorat va hunar fani ma’nosini anglatadi. Pedagogik texnologiya o‘qituvchining o‘quvchi faoliyatiga bevosita ta’siri bo‘lib, uning shaxsiy sifatlarini shakllantirishga amaliy yordam beradi. Metodika o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar yig‘indisidir. Pedagogik texnologiya esa o‘qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va natijalarini kafolotlovchi tadbirlar yig‘indisidir. Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida rivojlanib borayotgan yo‘nalishlardan biri - zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘kuv jarayonida qo‘llash bo‘lib, uni amalga oshirish dolzarb vazifalardandir. Ma’lumki xukuqiy ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o‘z bilim va tajribalarini o‘sib kelayotgan avlodga o‘rgatishdan iborat bo‘lib, bu jarayonda, asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan-avlodga uzatish amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiya axborotlarni o‘zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog‘liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o‘rgatish jarayonidan iborat.
Ma’lumki, inson hamma sohada biror maqsadga erishish yo‘lida o‘zi uchun ma’qul bo‘lgan yo‘l, usul, vositalardan foydalanib, zarur faoliyatni amalga oshiradi. Demak avval maqsad paydo bo‘lsa, keyin shunga muvofiq, mavjud imkoniyatlarga suyangan holdagi faoliyat kelib chiqadi. Bundan ko‘rinadiki, maqsad har bir ishning sababi va so‘nggi natijasini belgilaydi. Lekin aytish kerakki, maqsadning o‘zi ma’lum sabablar asosida shakllanadi. Bunday sabablar ehtiyoj deyiladi. Agar extiyoj paydo bo‘lsa, maqsad kelib chiqadi va shu maqsad faoliyatga sabab bo‘ladi. Extiyoj va maqsad umumiy nom bilan motivlar deb ataladi. Bundan esa har bir faoliyat motivlar asosida kelib chiqishi va shu motivlarga muvofiq davom etishi hamda so‘nggi natijaga erishish ko‘zda tutiladi.


Yüklə 461,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin