9- Mavzu. Milliy g‘oya fani xonasining o‘qituvchi tomonidan ilmiy-metodik jihozlanish talablari.
Reja:
"Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari" fani xonasiga qo‘yiladigan talablar.
Fan xonasining o‘quv, moddiy-texnika bazasi.
Fan xonasidagi jihozlar, ko‘rgazmali vositalar va qo‘llanmalar.
Fan xonasining zaruriy hujjatlari.
Fan xonasida o‘quvchilarga tarqatma-didaktik materiallar tayyorlash.
"Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari" fanining asosiy maqsadi o‘sib kelayotgan yosh avlodni iymon-e’tiqodli, or-nomusli bo‘lishga, o‘z Vatani, xalqi, uning boy tarixiy va madaniy qadriyatlari, merosi, urf-odatlariga sodiq qolishga va tariximizga bo‘lgan mehr-muhabbatini shakllantirishga qaratilgandir.
Fanning asosiy vazifasi esa O‘zbekison mustaqilligini his etish, o‘zligini anglash, milliy ong, milliy g‘urur, milliy g‘oya va milliy mafkura tamoyillarini tushuna bilish, ma’naviy pok, jismonan baquvvat, Vatan tuyg‘usi bilan yashaydigan fidoiy, tashabbuskor, izlanuvchan, mustaqillikni mustahkamlashda ishtirok etadigan, uning mas’uliyatini anglaydigan va mustaqil fikrlaydigan yoshlarni voyaga etkazishdek Buyuk ishga munosib hissa qo‘shish bilan belgilanadi.
Mazkur fan bo‘yicha namunali, zamon talablari asosida jihozlangan xonalarning tashkil etilishi ta’lim jarayonida ushbu maqsad va vazifalarning samarali amalga oshishida muhim ahamiyat kasb etadi. Estetik did bilan to‘liq jihozlangan fan xonasida darsni tashkil etish, o‘quv va ko‘rgazmali vositalardan o‘z o‘rnida foydalanish o‘quvchining ko‘rish orqali o‘quv materiallarini idrok etishiga, ongli va puxta o‘zlashtirishiga asos soladi, o‘quvchilar diqqatini barqarorlashtiradi. Xona jihozlari, ko‘rgazmalar hamda o‘quv vositalarining mukammalligiga erishish har bir ta’lim dargohining muhim vazifasidir.
"Qadrilar tayyorlash milliy dasturi"ni ro‘yobga chiqarishning ikkinchi bosqichi vazifalari ta’lim mazmuniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni olib kirish, o‘qitish samaradorligini oshirish talablarini qo‘yadi. Ushbu talablarni bajarishda fan xonalarini did bilan bezatish mas’uliyatini yanada oshirish kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |