«tasdiqlayman» О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə70/139
tarix29.11.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#71249
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   139
«tasdiqlayman» Αquv ishlari bî‘yicha prorektor

Adabiyotlar ro’yxati
1.Jo‘raеv N., Azizov Sh.Ijtimoiyat asoslari.-T.: «Ma’rifat-madadkor», 2003.-62-6.
2.Umumiysotsiologiya.Toshkеnt: ToshDU, 1999, 42-bеt.

3.G.V. Filosofiya prava. Moskva, «Mo‘sl», 1990, s.113.


4.Yunusov maqolasidan foydalanildi. Sotsiologiya. O‘quv qo‘llanmasi.-T.: A.Qdiriy nomidagi xalq mеrosi nashriyoti, 2006.-115-120-b.
5.S.Nosirxo‘jaev, T. Sultonov, S.Tursunova. «Sotsiologiya». Darslik. -T.: 2009. –B.145.
6. Giddings E. Sotsiologiya. – Toshkеnt, 2002.152-153.b
7. Yunusov A.B. O‘smir yoshlarda ijtimoiy dеviantlik holatlarining sotsiologik xususiyatlari: Dis....sotsiol. fan.nom. – Toshkеnt: O‘zMU, 2004. 22-b
8. Yunusov A.B. O‘smir yoshlarda ijtimoiy dеviantlik holatlarining sotsiologik xususiyatlari: Dis....sotsiol.fan.nom. – Toshkеnt: O‘zMU, 2004. 55-59.b

SEMINAR MASHG’ULOTLARI
MAVZULARI


1.MAVZU. OILADA TARBIYA ASOSLARI
REJA :
1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va milliy qadriyatlar oilada bola tarbiyasi haqida.
2. Oilada bola hayotini oqilona tashkil etishda kun tartibining ahamiyati.
3. Oilada bolani jismonan sog`lom, baquvvat qilib tarbiyalash.
4. Maktabning oila bilan hamkorlikda ishlash shakllari.
Sharq xalqlari, jumladan o'zbek oilasida bola tarbiyasiga alohida e'tibor bilan qaraganlar. Oila turmushning eng zarur qismidir. Inson oilada dunyoga keladi. Oila insoniyatni davom ettiradi. O`zbek oilalarida tarbiyalangan bolalarning hayotdagi har qanday xatti-harakatining oqibati to`g'ri baholangan. Yoshga monand ta'sir ko'rsatish yo`l va vositalari yaratilgan. Kerak bo`lganda rag'batlantirish turlaridan foydalanilgan, lozim bo`lsa jazolangan. Xalq maqolida "Bir bolaga yetti qo`shni ota-ona" deb bejiz aytilmagan. Yosh avlodni tarbiyalashda keksa avlodning xizmati, ayniqsa benihoyadir. Oila jamiyatning eng kichik ochog'idir. Bu muqaddas dargohda kelajak kishisi kamolga yetadi. Keksalar ko'pincha "Bug'doy eksang, bug'doy olasan, arpa eksang, arpa olasan" deyishadi. Shuning uchun ham kelajagimizning qanday bo'lishi bugun qanday hayot kechirayotganimizga, bolalarimizga qanday tarbiya berayotganimizga, ular qalbini qanday tuyg'ular, qanday orzular bilan to`ldirayotganimizga bogliq. Hayotning achchiq-chuchugini ko`rgan, sinovlariga bardosh bergan keksa avlodchalik bolalar tarbiyasiga katta mas`uliyat bilan qaraydigan kishi bo`lmasa kerak. Ular o'zlari bilganni sidqidildan farzandlarga o'rgatadilar, ayni paytda donishmandlik bilan yoshlarni yomon xatolardan asrashga harakat qiladilar. Ular insoniyat abadiy zanjirida o'tmishda erishilgan boy ma'naviy qadryatlarni kelajak avlodga yetkazuvchilardir.
O`rta Osiyo, jumladan, O'zbekistonda tarbiya borasida to'plangan va izohlangan tarbiya metodlari kamol topayotgan yosh avlod ta'lim-tarbiyasida ma'rifiy ahamiyatga ega. Mustaqillik munosabati bilan o'tmishda yashab ijod etgan olim-u, fuzalo va buyuk mutafakkirlarimiz va ularning asarlari xalqimizning moddiy va ma'naviy boyliklari hisoblanib, bu boyliklar bilan haqli ravishda g'ururlanamiz. Ular xalqimiz tomonidan ming yillar davomida to'plangan, tajribadan o`tkazilgan tarbiya metodlarini barkamol inson kamoloti uchun, inson va uning tarbiyasi, insoniylik g'oyalari uchun bo`lgan intilishlarini to'pladilar, targ'ib qildilar.
O`z davridagi fanning deyarli hamma sohalarida qalam tebratgan ensiklopededist olim Abu Ali ibn Sino o`zidan oldingi o`tgan olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy dalillarni va tajribalarni bir tartibga soldi. U ayniqsa, Arastu va Abu Nasr Forobiyning ilg'or fikrlarini yanada rivojlantirib, inson aqli olamning, koinotning siru-asrorlarini bilishga, o'rganishga qobil ekanligini isbotlashga urindi. O`z zakovati, bilimi, buyuk ilmiy asarlari bilan jahondagi barcha xalqlarning hurmatiga musharraf bo`lgan ibn Sino buyuk muallim ham edi. Uning "Donishnoma" asarida ta'lim-tarbiya, ilm-ma'rifat, insonning ruhiyati, axloq va odob kabi masalalar to'g'risida ta'lim-tarbiyaga oid chuqur fikrlar ifodalangan.
Agar qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastular bola tarbiyasini davlat ixtiyoriga qo'yib, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat majburiyatiga ag'darib, bola tarbiyasi bilan shug`ullanish jamiyat va davlat manfaati uchun zarur va foydaliroq deb ta'kidlab, bu tarzdagi qarashlari bilan tarbiyani ota-ona gardanidan soqit qilgan bo'lsalar, ibn Sino buning aksini, ya'ni bola tarbiyasi bilan avvalo oila, ota-ona shug'ullanmog`i lozim, deydi.
Abu Ali ibn Sinoning tarbiyaga oid qarashlari deyarli barcha asarlarida o'z ifodasini topgan. "Tadbir al-manozil" kitobida tarbiyaning asosiy uslublarini sanab, ko`rsatib, agar oila bu tarbiya uslubini to'g'ri tatbiq eta olsa, qo`llay olsa oiladagi bolalar hayotlarida o'z baxtlariga tez erishadilar, degan g'oyani ifodalaydi. Ibn Sinoning ta'kidlashicha, oiladagi otaning tabiatan yumshoq ko'ngil bo`lishi, shirin so'zli bo`lishi bola tabiatini buzadi. Oilada bosh tarbiyachi otadir - deb hisoblaydi u. Uning fikricha, ota bolalar tarbiyasida qattiqqo`llik va hatto lozim bo`lsa, jazo berishga qadar ta'sir ko'rsatuvchidir.
Mazkur kitobning "Ayollarning yaxshi sifatlari" bo'limida esa onalarning donoligi, bosiqligi, halolligi, kamtarligi kabi axloqiy sifatlarini ulug`laydi. Uningcha ayollar hamma yerda erkakning munosib hamrohi bo`lishi bilan birga oila mustahkamligi hamda bolalarni tarbiyalashda uning eng yaqin yordamchisi hamdir. "Tib qonunlari"da esa bola tarbiyasida onaning vazifalariga alohida e'tibor beriladi. Jumladan bola kamolotiga yetkazuvchi ayollarning "g'azablanish, qayg'urish, qo'rqish" kabi ruhiy kechinmalari zarar keltirishini uqtiradi. Mumkin qadar sipo, bosiq va chidamli bo`lishi lozimligini maslahat beriladi. Bola axloqining shakllanishida, deydi ibn Sino er-xotinning bir-biriga bo`lgan munosabati, bir-birini hurmat qilishlari ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Buning uchun oila a`zolarining har biriga ma`lum vazifalar yuklatilgan bo`lishi kerak. Chunonchi, erkak kishi oilada boshliq rolini bajaradigan bo`lgani uchun, u oilaning zarur ta'lablarini bajarishi lozim, nimaiki va'da qilgan bo'lsa, o'z va'dasi ustidan chiqishi shart.
Ibin Sino bola tarbiyasiga oid o'z fikr va mulohazalarini bildirar ekan, bola tarbiyasini unga ism qoyishdan boshlashni lozim topdi hamda bolalarga yaxshi, munosib ilm tanlashni ota-onaning dastlabki oliyjanob vazifalaridan hisoblaydi.
Kaykovus 1082- 1083 yillarda yaratgan "Qobusnoma" asarida ota- onani hurmatlash haqidagi bobida shunday deydi: aql yuzasidan bilgilik, ota- onaning izzat va hurmatini bo`yniga olish lozimdir, chunki farzandining asli ota- onadir. Nima uchun ota-onani hurmat qilaman deb ko'nglinga keltirma. Bilgilki, ular sening uchun o'limga ham tayyor turadilar... . Agar har farzand aqlli va dono bo'lsa, ota- onaning mehri- muhabbatini ado qilishdan bosh tortmaydi. Ota- onaning ishi seni parvarish qilish va senga yaxshilik o'rgatishdir.
Ota-onaning farzand tarbiyasidagi vazifalarini quyidagicha ko'rsatadi. "Ey farzand, agar sen bola ko'rsang, unga yaxshi ot qo'ygil, chunki otadan farzand haqlaridan biri yaxshi, ot qo'yishdir. Yana biri shuki, farzandni oqil va mehribon doyalarga topshirgaysan... kattaroq bo'lganidan so`ng, rioyat bo'lsang, hunar va kasb o'rgatgaysan, agar harbiy kishilardan bo`lsang, harbiy ilmni o'rgatgaysan, bularni bilgandan so'ng, shinovarlik, ya'ni suvda suzishni o'rgatgil.
Demak, har turli ilm va hunarni farzandingga o'rgatgaysen toki otalik shartin va shafqatin bajo keltirgan bo`lasan, chunki dunyodagi turli falokatlaridan qutulg'usidir. Kishi o'z boshiga qanday ish tushishini bilmaydi, bunday vaqtda ilm va hunar kuniga yaraydi. Farzandingga nimani o`rgata olsang, o'rgatgilki, uning foydasi senga ham kelib turadi. Agar farzanding balog'atga yetgan bo'lsa uylantirib qo'y, qizing balog'atga yetgan bo`lsa erga bergil".
Alisher Navoiy ota-onani quyosh va oyga qiyos qilib o`z nurlari bilan tog`ri yo`l ko`rsatuvchi ulug` zotlar ekanliklarini ta`kidlaydi.
Boshni fido ayla ato qoshiga,
Jismni qil sadqa ano boshiga.
Tun-kuningga aylagali nurposh,
Birisin oy angla, birisin quyosh.
Yoki onalarning farzand kamolidagi o`rnini hech narsa bilan qaytarib bo`lmasligini quyidagicha ko`rsatadi:
Onalarning oyog`i ostidadur
Ravzai jannatu junon bog`i.
Ravza bog`in visolin istar ersang,
Bo`l onaning oyog`in tufrog`i.
Oilali bo’lib yashash, bola-chaqa qilish, o’zidan nasl, avlod qoldirish hayot qonuni, shariyatimizga ko’ra – sunnatdir. Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom bu haqda shunday deganlar: "Ey yigitlar! Qaysi biringiz turmush qurishga qodir bo’lib, imkon topsangiz, tezda uylaning, chunki uylanish inson ko’zini poklaguvchi chiroq, ya'ni u nomahramlarga qarab gunohga botishdan saqlaydi va yomon, bemaza yo’lga kirib ketishdan asraguvchi asosiy choradir".
Oila inson hayotiga to`kislik bag`ishlaydi, oila baxt keltiradi. Har bir oila eng avvalo davlat ahamiyatiga ega bo`lgan qutlug` ishdir.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi ‘‘Oila ’’ haqidadir. Unga ko`ra shunday deyiladi:

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin