* Kunduzgi o‘qish shakli tayanch sifatida olinadi. O‘qish davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
O‘qish davrining tarkibiy qismlari
Sog‘liqni saqlash ta’lim sohasidan tashqari barcha ta’lim sohalari uchun, % hisobida*
Sog‘liqni saqlash ta’lim sohasi uchun, % hisobida
Davolash faoliyati bilan tutashgan mutaxassisliklar
Davolash faoliyati bilan tutash bo‘lmagan mutaxassisliklar
Nazariy va amaliy ta’lim
30 — 55
45 — 55
30 — 55
Shu jumladan, auditoriya (kontaktli) va mustaqil ta’limning nisbati
30/70 foiz nisbatidan 50/50 foiz nisbatigacha
Attestatsiya
4 — 18
4 — 10
4 — 10
Ta’tillar**
6 — 21
10 — 20
10 — 20
Ilmiy faoliyat
30 — 55
30 — 40
30 — 55
* Ayrim yo‘nalishlarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, ta’lim jarayoni zaruratiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda ular uchun mazkur foizlarga o‘zgartirish kiritishga yo‘l qo‘yiladi. ** Qishki ta’til ikki haftadan oshmasligi maqsadga muvofiq. Ilmiy faoliyat magistratura ta’lim oluvchilarining yakka tartibdagi taqvimiy ish rejasi asosida amalga oshiriladi va quyidagilarga bo‘linadi:
ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash — 60 — 75 %;
ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti — 25 — 40 %.
Barcha ta’lim sohalari uchun nazariy va amaliy ta’lim hajmining kamida 95 % umummetodologik va mutaxassislik fanlaridan tashkil topgan majburiy va tanlov fanlari bloklaridan iborat bo‘lishi lozim.
Magistratura mutaxassisliklari talabalarining ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash tartibi va malaka amaliyoti (tajriba orttirish)ni o‘tash tartibi oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.