«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova


Korrektsion pedagogikaning kategoriyalari



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə199/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Korrektsion pedagogikaning kategoriyalari. Korrektsion pedagogika quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega:
Anomal bolalarni o‘qitish va rivojlantirish ularni ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan maqsadli jarayondir. Anomal bolalar uchun ta’lim tizimi va metodlarini tanlashda bolaning yoshi va nuqsonning kelib chiqishi vaqti hisobga olinadi. Eshitish yoki ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish vaqti alohida ahamiyatga ega.
Anomal bolalarni tarbiyalash – korrektsion pedagogikaning asosiy tushunchasi bo‘lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirishdan iborat. Anomal bolalarni tarbiyalash oila va ta’lim muasasasi o‘rtasidagi yaqin aloqa, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlash, bir-biriga yordam ko‘rsatish, talabchanlik hamda oqilona mehribonlik asosida amalga oshiriladi.
Korrektsiya (yunoncha tuzatish) bolaning psixik va jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish, yo‘qotish va pasaytirishni nazarda tutadi.
Korrektsion-tarbiyaviy ishlar kategoriya sifatida shaxsning anomal rivojlanishi xususiyatlariga ko‘ra umumiy pedagogik ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlari tizimidan iborat. Korrektsion–tarbiyaviy masalalarida sinf va sinfdan tashqari ishlarning barcha tur va shakllaridan foydalaniladi.
Kompensatsiya (yunoncha «compensatio» – o‘rnini to‘ldirish, tenglashtirish) organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funksiyalarining o‘rnini to‘ldirish yoki qayta qurishdir. Kompensatsiya jarayoni oliy nerv faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayanadi.
Ijtimoiy reabilitatsiya (yunoncha «rehabilitas» – layoqati, qobiliyatini tiklash) tibbiy-pedagogik mazmunida anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi. Bu korrektsion pedagogika nazariyasi va amaliyotida asosiy vazifa hisoblanadi.
Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha «adapto» - moslashish) – anomal bolalarning individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik qoidalari va qadriyatlari tizimiga mos kelishini ta’minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish qiyin, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga mos ravishda javob qaytarish qobiliyati past, shu bois murakkab talablarni bajarishga ularning layoqati etmaydi. Ijtimoiy adaptatsiya bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi.
Anomal o‘quvchilar bilan olib boriladigan korrektsion ishlarning asosiy yo‘nalishlari. Psixofiziologik rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish – murakkab ijtimoiy-pedagogik muammo hisoblanadi. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan korrektsion ishlar quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
Bolalarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlar tabiati va mohiyatini aniqlash, ularning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini o‘rganish.
Rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalar bilan korrektsion-pedagogik faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi tarixini o‘rganish.
Bolalarning rivojlanish va xulqidagi nuqsonlarning oldini olishga xizmat qiluvchi ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar va psixofiziologik rivojlanishi etimologiyasi (sabab-oqibatli asoslari)ni aniqlash.
Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarga korrektsion-pedagogik ta’sir ko‘rsatish texnologiyasi, shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish.
Ommaviy umumiy o‘rta ta’lim manbalari sharoitlarida rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarning umumiy va maxsus ta’limi mazmunini tahlil qilish.
Bolalarni reabilitatsiya qilish va himoyalash markazlari, maxsus muasasalarining maqsadi, vazifa va asosiy yo‘nalishlarini aniqlash.
Anomal bolalar bilan koreksion-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi o‘qituvchilarni tayyorlashda zarur o‘quv-metodik bazasi yaratish.
Korrektsion-tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning rivojlanishidagi kamchiliklarni yo‘qotish yoki kamaytirishga qaratilgan maxsus pedagogik chora-tadbirlar tizimidir. Korrektsion-tarbiyaviy ishlar faqat alohida nuqsonlarni tuzatishga yo‘naltirilgan bo‘lmay, balki umumiy rivojlantirishga qaratilgan.
O‘quvchilarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlarni tuzatish bolaning shakllanayotgan shaxsini o‘zgartirishga qaratilgan yaxlit pedagogik hodisa sanaladi.
Korrektsion-rivojlantiruvchi ta’lim o‘qishda va maktabda anomal bolalarga o‘z vaqtida malakali yordam ko‘rsatishni ta’minlovchi differensial ta’lim tizimi bo‘lib, uning asosiy vazifasi bola rivojlanishining umumiy darajasini oshirishga qaratilgan bilimlarni tizimlashtirish, uning rivojlanishi va o‘qishidagi kamchiliklarni yo‘qotish, etarlicha shakllanmagan malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda bolaning idrok etish borasidagi kamchiliklarni tuzatish.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin