Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo` S.
Ikkilik sanoq sistemasida arifmetik amallar Kundalik hayotimizda ishlatiladigan o'nlik sanoq sistemasidagi sonlar ustida arifmetik amallar bajarish usullanni bilamiz. Mazkur usullar boshqa barcha pozitsiyali sanoq sistemalari uchun ham o'rinlidir.
O'nlik sanoq sistemasida qo'shish amalini ko'rsak, biz avval birliklarni, so'ng o'nliklarni, keyin yuzliklar va hokazolarni o'zaro qo'shib boramiz. Bu jarayon barcha pozitsiyali sanoq sistemalari uchun o'rinli bo'lib, toki oxirgi qiymat bo'yicha eng katta razryadni qo'shishgacha davom etadi. Mazkur jarayonda shu narsani doim eslash kerakki, agar biror razryad sonlarini qo'shganimizda natija sanoq sistema asosi qiyrhatidan katta chiqsa, yig'indining sanoq sistema asosidan katta qismini keyingi razryadga o'tkazish kerak.
Masalan, o'nlik sanoq sistemasida:
19327510 + 7953810 198310
27479610
Ma'lumki ikkilik sanoq sistemasi faqat ikkita: 0 va 1 raqamlaridan tashkil
topgan. Shu sistemada qo'shish, ayirish va ko'paytirish amailari quyidagicha
bajariladi:
Qo`shish
Ayirish
Ko`paytirish
0+0=0
0+1=1
1+0=1
1+1=10
0-0=0
1-0=1
10-0=10
10-1=1
0 0=0
0 1=0
1 0=0
1 1=1
Endi yuqoridagi jadvallar yordamida ikkilik sanoq sistemasidagi sonlar ustida turli arifmetik amallar haiarishga doir misollar ko'ramiz.