IV. Savol va topshiriqlar Matnni tahrir qilish deganda nimani tushunasiz?
Matnni tahrir qilishda ishlatiladigan amallarni ayting.
Matndagi ortiqcha belgi qanday o'chiriladi?
Matnga „tushib qolgan” belgilar qanday kiritiladi?
Blok deganda nimani tushunasiz?
Matnning biror qismi qanday qilib blokka olinadi?
Matnning belgilangan qismi ustida qanday amallar bajarish mumkin?
Matnning belgilangan qismidan nusxa ko'chirish nima va u qanday amalga oshiriladi?
V. Uyga vazifa.Mavzuni o`rganish, 23-25-bet.
Qabul qildi : MMIDO` _________S.Egamov
Sana:____________________ Mavzu: Hujjatlarni formatlash Maqsad: O`quvchilarga matnni, abzasni formatlsh hamda shrift o`lchamini, rangini, yozuv shaklini o`zgartirishni o`rgatish.
Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi:
operatsion tizimning elementlaridan foydalana oladi;
axborot manbalaridan axborotlarni izlab topadi va yig‘a oladi;
Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi:
sodda grafik muharrirda sodda chizma va rasmlar hosil qila oladi;
grafik muharrir imkoniyatlaridan foydalanib amallar bajara oladi;
Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi:
axborot tashuvchi vositalardan foydalana oladi;
Uslub: nazariy bilimlarni berishni amaliyot bilan birgalikda olib borish
Jihoz: 6-sinf darsligi, kompyuter, MS Word matn protsessori.
Darsning borishi I. Tashkiliy davr a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
II. Takrorlash matnni tahrir qilish deganda nima tushiniladi?
matnni tahrir qilishda ishlatiladigan amallarni aytib bering;
matndagi ortiqcha belgi qanday o`chiriladi?
matnga “tushib qolgan” belgi qanday qo`yiladi?
“Blok” deganda nima tushiniladi?
matnning biror qismi qanday qilib blokka olinadi?
matnning belgilangan qismi ustida qanday amallarni bajarish mumkin?