Tasdiqlayman” Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali o`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari: S. Elmonov



Yüklə 402,32 Kb.
səhifə63/82
tarix06.05.2023
ölçüsü402,32 Kb.
#108534
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82
f57b8ef60b984e2903eac44d540eb49b ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH FANIDAN O`QUV USLUBIY MAJMUA

Tayanch tushunchalar: badiiy tasvir va ifoda normadan og`ish so`z tanlash ko`chim(trop) mеtafora mеtonimiya sinеkdoxa kinoya ramz(simvol) majoz(allеgoriya)
Savol va topshiriqlar:
1. Tildan foydalanishda «umumodatlangan normadan og`ish» tushunchasiga izoh bеring. Har qanday normadan og`ish badiiyat fakti bo`la oladimi? «Og`ish» badiiyat faktiga aylanishining sharti nima?
2. Lеksik sathdagi «og`ish» turlarini sanang. Ularning har birini misollar yordamida tushuntiring.
3. Sеmantik sathdagi «og`ish»lar dеganda nimani tushunasiz? Ko`chimlar badiiy bo`yoqdorligi, ta'sirdorligi jihatidan qanday darajalanadi?
4. «Xususiy muallif ko`chimlari» tushunchasiga izoh bеring. Mеtaforaning matn ichidagi ma'no diapazoni qay yo`sin kеngayadi? Buni misollar yordamida tushuntirib bеring. Ma'no ko`lami kеng ko`chimlarga misollar topib, ularni daftaringizga ko`chiring.
5. «Ramz», «majoz» atamalarining qo`llanilishidagi turlichalik nimalarda ko`rinadi? Mavjud lug`at va qo`llanmalarda ularning qanday qo`llanganligiga diqqat qiling, ularga bеrilgan ta'riflarni daftaringizga ko`chiring.
19-ma’ruza.


Ijodiy metod
Reja:
1. Badiiy adabiyotda uslub va individual yondashuv
2. Adabiy asarni estetik qimmatini aniqlash
3. Tanqidchining mahoran masalasi
4. Badiiy tanqid va uslub

  1. Ijodiy metodning yuzaga kelish sabablari.

  2. Romantizm va realizm.

  3. Ijodiy oqimlar.

Ma’lumki, ijodkorning uslub va mahorati haqida necha asrlar osha so‘z yuritilib kelinib, bu masalaning muhim muammolari, o‘ziga xos chigal jumboqlari haqida hanuzgacha ham jiddiy bahslar to‘xtagani yo‘q. Shu jumladan tanqidchining individual uslubi va mahorati masalalari bobida ham jahon ilmiy-estetik tafakkur olamida ko‘plab rang-barang fikrlar bildirilib kelinmoqda.


Adabiy tanqidning o‘z mazmun mohiyatiga ko‘ra doimo rivojlanish va takomillashish jarayonini boshidan kechirib kelayotganligini hisobga olsak, o‘zbek adabiy tanqidchiligi ham tug’ilish va shakllanish bosqichlaridan to ayni kunlargacha murakkab bir tarixiy jarayonni boshidan kechirganligini kuzatish mumkin. Ayniqsa, 60-70-yillarga kelib, o‘zbek adabiy tanqidchiligida o‘z-o‘zini anglash va haqqoniylik uchun kurash jarayoni izchillik asosida rivojlanganligini qayd etish adolatdan bo‘lur edi.
Shuningdek, 60-70-yillar adabiy tanqidchiligida badiiy asar mohiyatini chuqur anglash, yozuvchi mehnati va mahoratini qadrlash, haqiqiy talantlarni ilg’ay bilishning yangicha talqin tamoyillari ham kuchayib bordi. Albatta, bu davr adabiy tanqidchiligi ham sotsialistik tuzum talab qiladigan yozuvchi ijodini ko‘tarib baholashga bevosita aloqador bo‘lgan yaltiroq tahlillardan ham xolis bo‘la olmadi. Mustabid sho‘rolar tuzumi davrida bunday nuqsonlardan xolis bo‘lishlikning imkoniyati ham yo‘q edi, chunki sotsializm qoliplari shuni taqoza etardi. Lekin, harna bo‘lganda ham 60-70-yillarda tanqidchining individual mahorati va uslubining yuksalishiga xos bo‘lgan porillab ko‘tarilishlar yuz berdi. Mazkur davrlar adabiy-tanqididagi keng qamrovli mahorat qirralarining tarkib topayotganligini Baxtiyor Nazarov shunday qayd etgan edi: “Adabiy tanqidchilik keyingi yillarda akademizmning kuchli iskanjasidan qutulish yo‘liga o‘tdi. Unda badiiy asar haqida badiiy usulda fikrlashga, asarni o‘qigandan so‘ng paydo bo‘lgan fikrlarni adabiyotshunoslik terminlari bilan qalashtirib aytishdan asarni o‘qish jarayonida tug’ilib boruvchi tuyg’ularni ifodalashga va ularni asarning asosiy g’oyasi - ideyasi bilan bog’lashga, asardagi g’oyanigina emas, g’oyadagi go‘zallikni ham, insonnning siyosiy-ijtimoiy faolligini emas, shu maqsadlar mohiyatidagi gumanistik pafos va olijanoblikni ham ko‘rsatishga intilish jarayonida kechmoqda20”.
60-70-yillar adabiy tanqidining teranlashuvi va ilmiy-nazariy tahlilning keng tarmoq otishi natijasida orttirilgan individual uslub va tanqidchi mahoratining oshishi taniqli tanqidchilar ijodiy yo‘lining tahlili jarayonida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ma’lumki, asrimizning 60-yillarida o‘zbek adabiy tanqidchiligida o‘ziga xos evrilish va sifat o‘zgarishlari, o‘zgacha yo‘nalishdagi talqin va tahlil tamoyillari ko‘zga tashlana boshladi. Adabiy tanqid adabiy jarayonni atroflicha va haqqoniy baholaydigan va uni oldinga yetaklaydigan darajada o‘sa boshladi. Bu davrlarda adabiy tanqidni jamoatchilik o‘qiydigan va u bilan ma’lum darajada hisoblashadigan bo‘lib qoldi. Uning o‘zi ham har qanday yon berishlarga muhtoj emas ekanligini namoyon etadi. 30-50-yillar adabiy tanqidchilikdagi nayzabozlik, ur-yiqitchilik va bir tomonlama baho berishlar deyarli barham topa boshladi. Albatta, bu davrlarda ham partiyaviylik va sinfiylik talabi adabiy jarayonga ham, adabiy tanqid sifatiga ham, salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Lekin mustabid tuzumning adabiy tanqidchilikka o‘tkazgan salbiy ta’siridan qat’iy nazar, adabiy tanqid ilmida ijobiy tamoyillar kuchayib bordi, adabiy jarayonni kundalik siyosat nuqtai-nazaridangina emas, balki badiiy mahorat va go‘zallik qonuniyatlari asosida ham chuqur tahlil qilish yetakchi o‘ringa chiqaboshladi. Atoqli yozuvchilarning hayoti va ijodi hakida tanqidiy-biografik, adabiy portret yo‘nalishidagi ko‘lamli tadqiqotlar maydonga keldi. Taqriz, adabiy obzor, muammoli maqola, xotira-memuar, taqriz-maktub, taqriz-bahs, maqola-suhbat, maqola-dialog, adabiy o‘ylar singari janr va shakllar keng rivoj topdi. Adabiy tanqidda qiyosiy tipologik, estetik-falsafiy tahlillar chuqurlashdi, avvalgi bosqichlarida yaratilgan ko‘plab adabiy-tanqidiy ishlarga qaytadan baho berildi, o‘tmish adabiy merosiga bo‘lgan munosabat keskin ijobiy tomonga uzgara boshladi.
Badiiy uslub har bir yozuvchi-san’atkorning, har bir yetuk asarning, har bir davr adabiyotining o’ziga xos barcha xususiyatlarini qamrasa, badiiy metod muayyan guruhga mansub san’atkorlar ijodining umumiy va mushtarak barcha belgilarini o’zida tashiydi. Bu xususiyat va belgilar hayot materialini tanlash, umumlashtirish, baholash, aks ettirish borasidagi umumiylik va ayni paytda, ana shu umumiylikning yakka shaxs (yozuvchi) talanti, qudrati ila “pishib yetilishidir”. Ko’rinadiki, garchi uslub va metod bir-biriga o’xshamasa-da, lekin ular birlashganda, bir-biri bilan chatishganda voqye bo’ladilar, ana shundagina ular yaratish xislatiga, ta’sirdorlik fazilatiga, go’zallikni bunyod etishga qodirlik kasb etadi.
Bundan ko’rinadiki, badiiy asar yaratilganidanoq,- uslub ham, metod ham tug’iladi. Nazariy adabiyotlarda aytilganidek, dastavval, romantizm, keyinchalik yoki to’g’rirog’i X1X asrga kelib realizm dunyoga keldi degan tushunchani rad etadi. Demoqchimizki, uslub va usul (metod) adabiyotning paydo bo’lishi bilan bir vaqtda tug’iladi. Faqat adabiyotning rivoji, kamolot sayin o’sishi, g’oyaviy badiiy kashfiyotlarning umumlashtirilishi va saboqlariga bog’liq holda uslub ham, usul ham turfa xillik kasb etadi; jamiyat taraqqiyotidagi o’zgarishlarga javob tarzida usul ham, uslub ham yangicha sifat kasb etib, bahor yanglig’ qayta tug’ilib boraveradi.
Har bir yilning o’z bahori bo’lganidek,har bir yozuvchining o’z uslubi tashida, qobig’ida metod vazifasini o’tayveradi.
Shuning uchun “Iliada” ham, “Ramayana” ham, “Xamsa” ham, “O’tkan kunlar” ham, “O’zbek Navoiyni o’qimay qo’ysa” ham asrlarni tan olmasdan, hamma avlodlarga estetik zavq ulashaveradi, insonni komillik yo’lida tarbiyalayveradi. Chunki ularning hammasida ham hayot va inson mohiyatini tushunish, idrok etish, ezgulikni ulug’lash va uning amaliyotiga chorlash - bosh pafosdir, insoniyat tuyg’ulari tarbiyasi uchun o’lmas namunadir; ana shu sohadagi anglangan jihatlardan saboq olib, anglanmagan qirralarini kashf etish - adabiyot taraqqiyotining tuganmas, nihoyasi yo’q yo’nalishidir.
Shu mulohazalardan kelib chiqsak, hayot va insonning badiiy modelini yaratishning ikkita yo’li eng qadimgi davrdan bugungacha davom etib kelayotgani aniqlashadi va bu haqiqatni allomalar ham tasdiqlaydilar. Jumladan, Aristotel “Poetika” asarida: “Sofoklning aytishicha, u odamlarni qanday bo’lishi kerak bo’lsa shunday tasvirlagan, Yevripid esa qanday bo’lsa o’shanday tasvirlagan” (53-b.) Rusning buyuk tanqidchisi V.G.Belinskiy ham (X1X asrda) bu haqiqatni tasdiqlaydi: “Aytish mumkinki, poeziya ikki usul bilan hayot hodisalarini qamrab oladi va qayta tiklaydi. Bu usullar, garchi biri ikkinchisiga qarama-qarshi bo’lsa ham, bir maqsad tomon yetaklaydilar. Shoir uning narsalarga nazari tarziga, uning dunyoga munosabatiga, o’zi yashagan asri va xalqiga bog’liq idealiga moslab hayotni qayta yaratadi (peresozdayet) yoki shoir bu hayotni butun yalong’ochligi va haqqoniyligi bilan qayta tiklab (vosproizvodit) hayot voqyeligining hamma tafsilotlariga, bo’yoqlariga va nozik tomonlariga sodiq keladi. Shuning uchun aytish mumkinki, poziyani ikki bo’lakka- ideal poeziyaga va real poeziyaga bo’lsa bo’ladi” (Qarang: I.Sulton, 356-bet).
I.O.Sultonov: “Hozirgi zamon adabiyotshunosligida birinchi xil badiiy tafakkur- “romantik tafakkur tipi”, ikkinchi xil tafakkur-“realistik tafakkur tipi” deb ataladi” (I.Sulton, 356-bet),-deb yozadilar va “Romantik tafakkur yoki realistik tafakkurning ma’lum tarixiy davr uchun xarakterli va hukmron ko’rinishini ijodiy metod” tushunchasi bilan yuritishni taklif etadilar...
Darvoqye, hayotni obrazli tasvirlashning ikki yo’nalishi “ham aslida inson tabiati bilan bog’liq hodisa sanaladi. Chunki odam real hayot qo’ynida, ham orzu-havaslar dunyosida yashaydi. Inson tabiatida mavjud hayot tarziga qanoat qilishdan ko’ra, turmushni o’zgartirish istagi, uni yanada yaxshilash havasi baland turadi. Bu havas... kuchli bo’ladi” (A.Ulug’ov, 79-bet).
Ana shu ikki yo’nalish – ijod tipi turli – tuman davrlarning, jamiyatlarning talablariga doimo javob berib kelmoqda, faqat, bizningcha, evolyusion rivojlanish – romantizmni, revolyusion taraqqiyot – realizmni birinchi o’ringa olib chiqadi. Ko’pincha badiiy asarlarda ijodning bu janrlari qo’shaloqlashgan bo’ladi. Realistik asarda romantizmning xislatlari yordamchi vazifani bajarsa, romantik asarda realizmning unsurlari ham shunday vazifani o’taydi. “Xamsa” (Navoiy)da ham, “Qiyomat” (Ch.Aytmatov)da ham, “Yolg’izlikda yuz yil” (G.G.Markes)da ham, “O’tgan kunlar” (A.Qodiriy)da ham bu holat yaqqol ko’zga tashlanishi va barchaga ayonligi isbot talab etmaydi.
Shunday bo’lsa-da, yana bir asos: Sadriddin Ayniyning ta’kidlashicha, “Xamsa” dostonlarida Navoiy salbiy tiplarni o’z zamonasidan olgan, ijobiy tiplar esa – Navoiy fantaziyasi va idealining maxsulidir, lekin romantizm ustundir.
Yana shuni ta’kidlash lozimki, muayyan yozuvchi ijodida, muayyan asarda yo romantizm, yo realizm doimo yetakchilik qiladi. Professor Abduqodir Hayitmetov ilmiy xulosalari ham shu hodisalarni isbot qiladi. Uningcha, Navoiyning asosiy metodi-romantizm, ayni paytda, uning Said Hasan Ardasherga yozgan maktubi, “Mahbubul-qulub”, satirik g’azallari va qit’alari, “Lisonut tayr”dagi ba’zi hikoyatlari realistik xarakterdadir.
Albatta, har bir san’atkorning “o’ziga xos”ligini unutmaslik kerak. Birida isyonkorlik, birida jamiyat bilan kelishib yashaydigan donolik ustun bo’lishi ham mumkin. Biri realliklarga chiday olmay, biri undan ko’ra orzular dunyosida yashashi-o’zini voqye qilishi ham tabiiydir.
Jumladan, Alisher Navoiy inson haqidagi orzu havaslarini akslantiruvchi asarlar yozgan bo’lsa, uning yosh zamondoshi Bobur o’z zamoni voqea va odamlarini haqqoniy, real tasvirini beradi. G’.G’ulom, H.Olimjonlar sosialistik voqyelikni ulug’lagan bo’lsalar, A.Qodiriy, Cho’lponlar bu voqyelikdan isyonga keladilar. Mirmuhsin,
H.G’ulom, Shukrullolarda jamiyat bilan kelishib yashash ustunlik qilsa, A.Oripov, E.Vohidovlarda bu jamiyatning kirdikorlarini fosh etish, yuksakroq voqyelikni istash tuyg’ulari kuchlilik qiladi va hokazo.
Jahon adabiyoti taraqqiyoti tarixidagi realizm va romantizmni-ijod tiplari, ijod yo’nalishlari, badiiy tafakkur tiplari deb yuritish ham asoslidir. Chunki ularning turfa xil ko’rinish va qirralarini turli davrlar ro’yobga chiqargandir.
Jumladan, klassisizm (P. Kornel, J. Rasin), ekzistensionalizm(Jan Pol Sartr, M. Prust, F. Kafka), syurrealizm(Pol Elyuar, Oskar Uayld, A. Axmatova), tanqidiy realizm(Maxmur, Muqumiy, L. Tolstoy, F. Dostoyevskiy), sosialistik realizm (Oybek, G’.G’ulom, M.Gorkiy) va sh. k. romantizm va realizm (ikki daryo)ni metod deb yuritish va bu ko’rinishlarning hammasini oqimlar(irmoqlar) deb atash, (ikki daryoning birikuvidan tug’ilgan irmoqlar deya tasavvur qilish) ma’qulga o’xshaydi. Chunki oqimlarning hammasi ham yo realistik, yo romantik tasvirlash prinsiplarining qonuniyatlariga bo’ysinadi. Shu qonuniyatlarga tayanganlari holda, uning hali to’liq anglanmagan yangi qirralarin ochadilar, xolos.
Yangi qirralarni kashf etish va ifodalash jarayonida muayyan o’ziga xosliklar ham yuzaga kelishi tabiiydir. Jumladan, realizmning o’ziga xos bir ko’rinishi – klassisizm (lot. “namuna”, “ibrat” ma’nolarini beradi)ni ko’raylik. Uning vakillari o’tmish antik adabiyoti namunalarini o’zlari uchun ibrat namunasi deb sanaganlar. Ular adabiyotda hamma narsalar aniq va qat’iy qoida asosida tasvirlanishi shart deb tushunganlar va estetik qarashlarini “uch birlik”ka moslaganlar: asarda tasvirlanayotgan hodisa bitta yaxlit syujetda gavdalantirilishi (“harakat birligi”), bir joyda bo’lib o’tishi (“joy birligi”) va yigirma to’rt soat ichida yuz berishi (“vaqt birligi”) lozim bo’lgan. P. Kornelning “Sid” (“Said”), “Gorasiy”, J. Rasinning “Andromaxa”, “Britanik”, Molyerning “Xasis” singari go’zal, betakror asarlari shu qoidalarga muvofiq yaratilgan.
Klassisizm vakillari “Adabiyot saroy va shahar uchun yaratilishi kerak”(N. Bualo) deb hisoblaganlar va janrlarni tabaqalashtirganlar. Ularning estetik tushunchalaricha drama eng yuksak janr, komediya quyi janr hisoblangan. Roman, qissa, hikoya janrlariga ikkinchi darajali unsurlar deb qarashgan. Ko’pincha ularning asarlarida inson hayoti va xarakterining bir qirrasi chuqur va batafsil tasvirlangani uchun, insonning ko’pqirrali xarakteri to’liq gavdalanmagan...

Yüklə 402,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin