"tasdiqlayman" Ulu`nor tuman ixtisoslashtirilgan



Yüklə 94,5 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü94,5 Kb.
#165742
Kengash 24.03.2023


“TASDIQLAYMAN”
Ulu`nor tuman ixtisoslashtirilgan
maktab direktori:
O.Mamadaliyeva
2023-yil 24-mart
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Ulug`nor tuman ixtisoslashtirilgan maktab pedagog kengashining yig’ilish
B A Y Yo N N O M A S I № 4
2023-yil 24-mart Shaxriobod MFY
Yig’ilish raisi: O.Mamadaliyeva
Qatnashdilar: 28 nafar pedagog xodimlar

K U N T A R T I B I D A :




  1. O’quv yilining 3-choragi yakuni, o’quvchilar o’zlashtirishi bo’yicha natijalar tahlili va mavjud muammolarni yechimi. (Axborotchi O’TIBDO’: A.Hamdamova)



  1. O’zlashtirishi past bo’lgan o’quvchilar bilan individual ishlashni tashkil yetish. (Axborotchi: O’TIBDO’: A.Hamdamova)



  1. O’qituvchilarning haftalik kasbiy rivojlanish treninglar samaradorligi to’g’risi. (Axborotchi O’TIBDO’: A.Hamdamova)




  1. Uchinchi bosqich fan olimpiyadasi yakunlari to’g’risida. (Axborotchi O’TIBDO’: A.Hamdamova)



  1. Turli masalalar. ( Axborotchi: maktab direktori- O.Mamadaliyeva)


Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan maktab O’TIBDO’ A.Hamdamova quyidagilarni bayyon qilib o’tdi. Maktabning 5-10 sinf o’quvchilariga mutaxasislik fanlaridan mazkur o’quv yilining 16-mart sanasida 3-chorak yakunlari bo’yicha ChSB sinovlari o’tkazildi. Sinov natijalariga asosan maktabning 5-A sinf o’quvchilari matematika fanidan o’rtacha 28.5 ball, 5-B sinf o’quvchilari matematika fanidan o’rtacha 20.5 ball, 5-D sinf o’quvchilari matematika fanidan o’rtacha 17.6 ball, 5-sinflarda o’rtacha 22.2 ball. 6-A sinf o’quvchilari matematika fanidan o’rtacha 19 ball, 6-B sinf o’quvchilari matematika fanidan o’rtacha 17 ball, 6-sinflarda o’rtacha 18 ball. 7-A sinf o’quvchilari algebra fanidan o’rtacha 33.5 ball, 7-B sinf o’quvchilari algebra fanidan o’rtacha 27 ball, 7 sinflarda o’rtacha 30.5 ball. 8-A sinf o’quvchilari algebra fanidan o’rtacha 36.5 ball, 8-sinflarda o’rtacha 36.5 ball. 9-A sinf o’quvchilari algebra fanidan o’rtacha 26 ball. 10-A sinf o’quvchilari algebra fanidan o’rtacha 23 ball. 7-A sinf o’quvchilari geometriya fanidan o’rtacha 37.5 ball, 7-B sinf o’quvchilari geometriya fanidan o’rtacha 34.5 ball, 7-sinflar o’rtacha 36 ball. 8-A sinf o’quvchilari geometriya fanidan o’rtacha 36 ball, 8-sinf o’rtacha 36 ball. 9-A sinf o’quvchilari geometriya fanidan o’rtacha 26.5 ball. 10-A sinf o’quvchilari geometriya fanidan o’rtacha 19 ball. Matematika fanidan 5-6 sinflarda yeng yuqori natija 5-A sinf o’quvchilari 28.5 ball. Yeng past natija 6-B sinfda 19 ball. Algebra fanidan 7-10 sinflarda yeng yuqori natija 8-A sinf o’quvchilari 36.5 ball. Yeng past natija 10-A sinfda 23 ball. Geometriya fanidan 7-10 sinflarda yeng yuqori natija 7-A, 8-A sinf o’quvchilari 37.5 ball. Yeng past natija 10-A sinfda 19 ball. 7-A sinf o’quvchilari fizika fanidan o’rtacha 28.3 ball, 7-B sinf o’quvchilari fizika fanidan o’rtacha 24.7 ball, 7-sinf o’quvchilari o’rtacha 26.5 ball. 8-A sinf o’quvchilari fizika fanidan o’rtacha 33.8 ball, 8-sinf o’quvchilari o’rtacha 33.8 ball. 9-A sinf o’quvchilari fizika fanidan o’rtacha 28 ball. 10-A sinf o’quvchilari fizika fanidan o’rtacha 11.3 ball. Fizika fanidan 7-10 sinf o’quvchilaridan yeng yuqori natija 8-A sinf o’quvchilari 33.8 ball. Yeng past natija 10-A sinfda 11.3 ball. Biologiya fanidan 7-D sinf o’quvchilari o’rtacha 24.3 ball, 7-E sinf o’quvchilari o’rtacha 26.2 ball,8-B sinf o’quvchilari o’rtacha 19.9 ball, 9-B sinf o’quvchilari o’rtacha 17.2 ball. Biologiya fanidan yeng yuqori natija 7-D sinf 24.3 ball, yeng past natija 9-B sinf 17.2 ball. Kimyo fanidan 7-D sinf o’quvchilari o’rtacha 28.5 ball, Kimyo fanidan 7-E sinf o’quvchilari o’rtacha 28.5 ball,8-D sinf o’quvchilari o’rtacha 29.4 ball, 9-B sinf o’quvchilari o’rtacha 24.1 ball. Kimyo fanidan yeng yuqori natija 8-D sinf 29.4 ball, yeng past natija 9-B sinf 24.1 ball. Ingliz tili fanidan 5-A sinf o’quvchilari o’rtacha 26.5 ball, 5-B sinf o’quvchilari o’rtacha 22.6 ball, 5-D sinf o’quvchilari o’rtacha 22.5 ball, 6-A sinf o’quvchilari o’rtacha 29 ball, 6-B sinf o’quvchilari o’rtacha 27 ball, 7-A sinf o’quvchilari o’rtacha 37.5 ball, 7-B sinf o’quvchilari o’rtacha 33.2 ball, 7-D sinf o’quvchilari o’rtacha 38.2 ball, 8-A sinf o’quvchilari o’rtacha 34.5 ball, 8-B sinf o’quvchilari o’rtacha 33 ball, 8-D sinf o’quvchilari o’rtacha 27.5 ball, 9-A sinf o’quvchilari o’rtacha 34.7 ball, 9-B sinf o’quvchilari o’rtacha 36.5 ball, 10-A sinf o’quvchilari o’rtacha 35 ball. Ingliz tili fanidan yeng yuqori natija 7-D sinf 38.2 ball, yeng past natija 5-D sinf 22.5 ball.
Muzokarada matematika fani o’qituvchisi S.Ummatov, ingliz tili fani o’qituvchisi N.Ermatova, kimyo fani o’qituvchisi G.Holiqovalar so’z olib 3-chorak yakunlari bo’yicha o’tkazilgan ChSB natijalari 2-chorak natijalaiga nisbatan yaxshi yekanligini, past natijaga yerishgan sinflarni fan o’qituvchilariga o’quvchilar bilan qo’shimcha to’garak mashg’ulotlari tashkil yetish uchun tavsiyalar berib axborotchini bergan ma’lumotlarini maqulladilar.

Yig’ilish kun tartibidagi birinchi masala bo’yicha qaror qiladi:




  1. Kun tartibidagi masala bo’yicha axborotchini bergan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. 3-chorak ChSB natijalariga asosan 5-A sinf matematika fanidan fan o’qituvchilari N.Latipov, I.Nabiyev 7-A, 8-A sinf algebra fanidan fan o’qituvchilari R.Ummatov, S.Ummatov, , 7-A, 9A, sinf ingliz tili fanidan fan o’qituvchilari N.Ermatova, G.Sattorovalar yeng yaxshi natijalarga yerishgan sinflar deb ko’rsatilsin.

  3. 3-chorak ChSB natijalariga asosan 6-B sinf matematika fanidan fan o’qituchilari X.Azimov, K.Hasanova, 10-A sinf algebra fanidan fan o’qituvchilari R.Ummatov, S.Ummatov, 10-A sinf fizika fanidan fan o’qituvchilari SH.Andijonbekov, D.Dehqonova, 9-B sinf biologiya fanidan fan o’qituvchilari N,Ahmadjonova, SH Ergasheva , 9-B sinf kimyo fanidan fan o’qituvchilari J.Qurbonov, G.Holiqova, 5-D sinf ingliz tili fanidan fan o’qituvchilari M.Atajonova, G.Ergashevalar yeng past natijaga yerishgan sinflar deb ko’rsatilsin.

  4. Barcha fan o’qituvchilarga ChSB natijalariga asosan bo’shliq bo’lib qolgan o’quvchilari bilan induvidul ishlash samaradorligini oshirish vazifasi yuklatilsin.

  5. Barcha sinf raxbarlari va fan o’qituvchilariga uch kun muddat ichida past o’zlashtiruvchi o’quvchilar ro’yxatini shakillantirib ularning ota onalariga ogohantirish xati yuborish vazifasi yuklatilsin. (O’quvchilar ro’yxati ilova qilinadi).

  6. Kun tartibidagi masala bo’yicha qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilishni maktab O’TIBDO’ A.Hamdamova zimmasiga yuklatilsin.

Kun tartibidagi ikkinchi masala bo’yicha maktab O’TIBDO’ A.Hamdamova quyidagilarni bayyon qilib o’tdi. O’zlashtirishi past bo’lgan o’quvchilar bilan individual ishlashni tashkil yetish maqsadida 2-chorak ChSB natijalariga asosan aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish uchun 5-10 sinf o’quvchilariga fanlar kesimida fan o’qitvchilari tamonidan belgilangan reja asosida xaftada ikki kun qo’shimcha mashg’ulotlar olib borilmoqda. Ayniqsa kimyo fani o’qituvchisi J.Qurbonov boshqa fan o’qituvchilarga o’rnak bo’lmoqda. Muzokarada matematika fani o’qituvchisi S.Ummatov, ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi X.Otaxonova, geografiya fani o’qituvchisi I.Toshtemirovlar so’z olib yuqorida nomlari ko’rsatilgan fan o’qituvchilari haqiqatdan ham boshqa fan o’qituchilariga nisbatan o’zlashtirishi past bo’lgan o’quvchilar bilan na’munali mashg’ulotlar olib borayotganlarini aytib o’tdlar.

Yig’ilish kun tartibidagi ikkinchi masala bo’yicha qaror qiladi:


  1. Axborotchi maktab O’TIBDO’ A.Hamdamovani bergan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. O’quvchilardagi bo’shliqlarni to’ldirishda na’munali mashg’ulotlar olib borayotgan quyidagi fan o’qituvchi faoliyati na’munali deb ko’rsatilsin. Kimyo fani o’qituvchisi J.Qurbonov

  3. Barcha fan o’qituvchilariga: o’quvchilar bilimida aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish va bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan induvidual ishlash samaradorligini oshirish vazifasi yuklatilsin.

  4. Ushbu qaror ijrosini bajarilishini nazorat qilish maktab maslahatchisi O.Joraeva zimmasiga yuklatilsin.

Kun tartibidagi uchunchi masala yuzasidan axborotchi A.Hamdamova quyidagilarni bayon qilib o’tdi. Maktabimizda tashkil yetilgan fan uslub birlashmalar tamonidan fan o’qituchilarimizga xaftada bir kun fan uslub birlashma rahbarlari orqali trening mashg’ulotlari olib borilmoqda. Trening mashg’ulotida asosan zamonaviy dars o’tish usullari va ta’limga oid qabul qilingan farmon va qarorlar o’rganilib borilmoqda. Ayniqsa matematika va fizika fanlari uslub birlashmasi fan o’qituvchilari boshqa fan uslub birlashmasi fan o’qituvchilariga nisbatan trening mashg’ulotlarida faol qatnashmoqda. Fan o’qituvchilari kasbiy maxoratlari samaradorligini oshirish maqsadida trening mashg’ulotlarida o’qituvchilarga oid onlayn platformalardan foydalanish va ularni amaliyotga joriy etish vazifalari bo’yicha tadbirlar rejasi tuzilgan.

Yig’ilish kun tartibidagi uchunchi masala bo’yicha qaror qiladi:


  1. Axborotchini bergan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Barcha fan o’qituchilarga:

  • Muntazam kasbiy maxorati samaradorligini oshirish;

  • Vazirlik tamonidan tavsiya etilayotgan uslubiy tavsiya va qo’llanmalar bilan doimo tanishib borish vazifalari yuklatilsin.

  1. Ushbu qaror ijrosini bajarilishini nazorat qilish maktab O’TIBDO’ A.Hamdamova zimmasiga yuklatilsin.

Kun tartibidagi to’rtinchi masala bo’yicha maktab O’TIBDO’ A.Hamdamova quyidagilarni bayon qilib o’tdi. Maktabimizning 9-10 sinf o’quvchilari o’rtasida o’tkaziladigan asosiy fan olimpiyadasini uchunchi viloyat bosqichida maktabimizning 9-10 sinf o’quvchilari ona tili, rus tili, ingliz tili, tarix, geografiya, biologiya, kimyo, fizika, matematika, informatika va axborot texnologiyasi fanlaridan jami 56 nafar o’quvchilarimiz ishtrok etdilar. Asosiy fan olimpiyadani viloyat bosqichida maktabimizning 9-10 sinf o’quvchilari ingliz tili, ona tili, rus tili, matematika, fizika, geografiya, informatika, kimyo, biologiya, fizika fanlaridan fahrliy o’rinlarni egallay olmadilar. Barcha fan o’qituvchilariga kelgusi o’quv yilida o’tkaziladigan fan olimpiyadsiga tayyorgarlik ishlarini xozirdan boshlash kerakligini aytib o’tdi. Muzokarada ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi E.Sobirov, geografiya fani o’qituvchisi I.Toshtemirov, matematika fani o’qituvchisi I.Nabiyevlar so’z olib axborotchini bergan axborotini ma’qulladilar.

Kun tartibidagi to’rtinchi masala yuzasidaan yig’ilish qaror qiladi:


  1. Axborotchi O’TIBDO’ A.Hamdamovani bergan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Barcha fan o’qituvchilarga: 2023-2024- o’quv yilida o’tkaziladigan asosiy fan olimpiyadalarga tayyorgarlik ko’rish samaradorligini oshirish o’quvchilarni qaytatdan saralash vazifalari yuklatilsin.

  3. Ushbu qaror ijrosini bajarilishini nazorat qilish maktab maslahatchisi O.Jorayeva zimmasiga yuklatilsin.

Kun tartibidagi beshinchi masala yuzasidan axborotchi maktab direktori O.Mamadaliyeva quyidagilarni bayon qilib o’tdi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining 2023-yil 01-martdagi 16-AF-son buyrugʻiga asosan maktab ustavi ishlab chiqildi.


1. Ushbu Ustav Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda-Agentlik) tizimidagi Ulug`nor ixtisoslashtirilgan maktab (keyingi oʻrinlarda – Ixtisoslashtirilgan maktab) faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Ixtisoslashtirilgan maktab oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, Agentlikning buyruqlari, topshiriq va koʻrsatmalariga hamda ushbu Ustavga amal qiladi.
3. Ixtisoslashtirilgan maktab uzluksiz taʼlim tizimining boʻgʻini bo‘lib, o‘quvchilarga davlat taʼlim standartlari asosida iqtidorli oʻquvchilarga umumiy oʻrta maʼlumot hamda ixtisoslik fanlari boʻyicha chuqurlashtirilgan bilim beruvchi ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi hisoblanadi.
4. Ixtisoslashtirilgan maktab davlat ta’lim muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi va oʻz Ustaviga, mustaqil balansiga, shaxsiy gʻazna hisob varaqlariga, oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan), shtampga va blankalarga ega boʻladi.
5. Ixtisoslashtirilgan maktab Ustavi Pedagogik kengashda qabul qilinadi, Agentlik rahbari tomonidan tasdiqlanadi va Davlat xizmatlari markazida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
6. Ixtisoslashtirilgan maktab ta’lim olish bepul amalga oshiriladi.
Oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning (keyingi oʻrinlarda-ota-onalar) jamoaviy talabiga ko‘ra, bolalarning taʼlim-tarbiyasiga koʻmaklashish maqsadida maktabda qoʻshimcha pullik ta’lim xizmatlari tashkil etilishi mumki. Muzokarada Maktab MMIBDO’ D.Umirzoqov, rus tili fani o’qituvchisi A.Sodiqov, biologiya fani o’qituvchisi M.Abdulatipovaalar so’z olib maktab Ustavida berilgan bandlarni ma’qulladilar.

Kun tartibidagi beshinchi masala yuzasidaan yig’ilish qaror qiladi:




  1. Axborotchi maktab direktori O.Mamadaliyevaning bergan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining 2023-yil 01-martdagi 16-AF-son buyrugʻiga asosan maktab Ustavi qabul qilinsin.



  1. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish maktab direktori O.Mamadaliyeva zimmasiga yuklatilsin.


Yig’ilish kotibasi: O.Mamadaliyeva.
Yüklə 94,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin