“tasdiqlayman”



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix02.01.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#39558
1   2   3   4   5   6   7   8
Ишчи дастур Божхона иши 2-курс контент

Fakultet Kengash raisi:  

 

 

i.f.n., dots. I.T.Yormatov  

   


 

 

 



KELISHILDI: 

 

O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i:  



        

 

A.Q.Shoyev  

                                         

 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Institutning 2020 yil 27 avgustdagi 17 - son Kengashida ko’rib chiqilgan va ma’qullangan. 




 

 

“Bojxona ishi” fani bo’yicha ishchi o’quv dasturi



 

3

 

 

I. 



O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni

 

 

Mamlakatimizda chuqur o’zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil 

isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlari jadal 

sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo’lida belgilab olingan 

va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda. 

Ushbu  vazifalarning  keng  tahlili  hamda  ularni  yanada  chuqurroq  hal  etish  borasida  Prezidentimiz 

SH.Mirziyoyevning shu yilning 24 yanvarida Parlamentga Murojaatnomasi

1

 bo’lib o’tdi. 



 Unda  Asosiy  vazifalar  sifatida  –  makroiqtisodiy  barqarorlikni  ta’minlash,  inflyatsiyani  jilovlash, 

tarmoqlarni monopoliyadan chiqarish, davlat tomonidan narхlar belgilanishini tartibga solishni bekor qilish va 

«yashirin iqtisodiyot»ga barham berish, byudjet mablagʻlarining maqsadli va oqilona sarflanishi ustidan nazorat 

yanada kuchaytirish, chet eldan olingan qarzlarni qaytarish imkoniyati va ularning natijadorligiga jiddiy e’tibor 

qaratilishi qayd etildi. 

Mamlakatimiz  taraqqiyotini  yanada  rivojlantirish,  hozirgi  davr  o’zgarishlariga  har  tomonlama  javob 

beradigan barqaror va mustahqam iqtisodiyotni qaror toptirish maqsadida, “O’zbek modeli”da belgilab berilgan 

besh tamoyilning mantiqiy davomi sifatida 2017-2021  yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 

beshta  ustuvor  yo’nalishlari  bo’yicha  “Harakatlar  strategiyasi”  ishlab  chiqildi.  Ushbu  strategiyaga  asosan 

quyidagi ustuvor yo’nalishlar belgilab olindi: 

 

Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari; 



 

Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari; 

 

Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari; 



 

Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari; 

 

Xavfsizlik,  diniy  bag’rikenglik  va  millatlararo  totuvlikni  ta’minlash  hamda  chuqur  o’ylangan,  o’zaro 



manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar. 

“Harakatlar strategiyasi”da belgilangan ustuvor vazifalarni bajarishda bojxona xizmati alohida ahamiyat 

kasb etadi. 

Davlat  mustaqilligining  qo’lga  kiritilishi,  Birlashgan  millatlar  tashkilotiga,  Butunjahon  bojxona 

tashkilotiga (BJBT) va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlarga aozo bo’lishi O’zbekiston uchun o’zining mustaqil 

ichki  va  tashqi  siyosatini  aniqlash  va  amalga  oshirish,  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlar  o’tkazishning  o’ziga  xos 

yo’llarini tanlash, xalq turmush farovonligini oshirishning keng yo’llarini ochib berdi. Mustaqillikka erishish 

vaqtidan boshlab mamlakatimizning  suverenitetini ta’minlash, yangilanish va ijtimoiy taraqqiyotning ustuvor 

yo’nalishlarini  belgilash,  ichki  va  tashqi  siyosat  strategiyasini  ishlab  chiqish  borasida  qator  chora-tadbirlar 

amalga oshirildi.  

Davlat  mustaqilligining  qo’lga  kiritilishi,  Birlashgan  millatlar  tashkilotiga,  Jahon  bojxona  tashkilotiga 

(JBT) va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lishi O’zbekiston uchun o’zining mustaqil ichki va tashqi 

siyosatini aniqlash va amalga oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o’tkazishning o’ziga xos yo’llarini tanlash, 

xalq turmush farovonligini oshirishning keng  yo’llarini ochib berdi. Mustaqillikka erishish vaqtidan boshlab 

mamlakatimizning    suverenitetini  ta’minlash,  yangilanish  va  ijtimoiy  taraqqiyotning  ustuvor  yo’nalishlarini 

belgilash, ichki va tashqi siyosat strategiyasini ishlab chiqish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.   

Jahon  moliyaviy  iqtisodiy  inqirozi,  O’zbekiston  sharoitida  tashqi  savdo  siyosati  vositalaridan 

foydalanishni  yanada  takomillashtirishni,  ya’ni  xalqaro  savdoni  tartibga  solishda  notarif  usullaridan  tarif 

usullariga o’tishni taqozo etayapti. Bu esa tarif usullarini bevosita amaliyotda qo’llovchi bojxona ishini, uning 

asosiy  tashkil  etuvchilarini,  asosiy  tamoyillari  va  qoidalarini  o’rganishga  bo’lgan  e’tiborni  yana  ham 

oshirmoqda.  

 

 



 


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin