Kengash faoliyatini tashkil etish va tarkibini shakllantirish
6. Tashkilotda bolalarning sifatli ta’lim olishlari, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkilot direktoriga ko‘maklashish uchun har bir tashkilotda Kengash tashkil etiladi.
7. Kengash 11 kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Kengash tarkibiga tashkilotning pedagoglari orasidan 2 nafar, tarbiyachi yordamchilari orasidan 2 nafar, tashkilot ma’muriyatidan 1 nafar, tegishli hududiy bo‘limdan 1 nafar, jamoat tashkilotlari va homiylar orasidan 2 nafar hamda har bir guruhida tarbiyalanuvchilarning ota-onalaridan kamida 3 nafar, a’zo kiritiladi.
Kengash a’zolarining soni cheklanmaydi.
8. Kuzatuv kengashi har bir guruhdagi tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rinini bosuvchi shaxslar, pedagoglar, tarbiyachilar yordamchilari, tashkilot ma’muriyati, hududiy bo‘lim xodimlari orasidan shakllantiriladi.
9. Kengashning birinchi yig‘ilishida ishtirok etayotgan a’zolar umumiy sonining oddiy ko‘pchilik ochiq ovoz berishi orqali Kengash raisi va kotibi saylanadi. Bunda, Kengash raisi va kotibi Kengash a’zosi hisoblangan ota-onalar orasidan saylanadi.
10. Kengash tarkibi 3 yil muddatga saylanadi. Bunda Kengash tarkibi har o‘quv yili boshida ko‘rib chiqilishi mumkin.
11. Kengash a’zolarining saylashda tashkilotda tarbiyalanayotgan bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (ulardan biri) ishtirok etishi mumkin
12. Kengash a’zolari tashkilot tarbiyalanuvchilari ota-onalarining umumiy yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
13. Kengash a’zosi etib saylangan ota-onalarning farzandlari tashkilotda tarbiyalanuvchilar qatoridan chiqarilganda, kengashning ushbu a’zosi kengash a’zolari qatoridan chiqariladi va uning o‘rniga ota-onalar orasidan boshqa a’zo saylanadi.
14. Tashkilot ma’muriyati xodimlari, pedagoglar, tarbiyachilar, tarbiyachi yordamchilari Kengashga yashirin ovoz berish orqali saylanadi va tashkilot pedagogik kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
15. Kengash a’zoligiga hududiy bo‘lim vakili tegishli hududiy bo‘lim boshlig‘ining buyrug‘i bilan tayinlanadi.
16. Tashkilotning direktori yoki uning o‘rinbosarlari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari Kengash a’zolari sifatida saylanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Kengash a’zosi Kengashning yig‘ilishlarida surunkali 3 marta uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda, u Kengash a’zolari tarkibidan chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |