Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
Fizik qonun va formulalarni standart nostandart masalalarni yechish va tahlil qilish, natijalarni har-xil o’lchov sistemalarida xisoblashda matematik hisoblash usullari hamda fizikada qo’llaniladigan fizik qonunlar, prinsiplar, ideallashtirilgan modellar va sistemalarni qo’llanilish chegarasi to’g’risida bilimga ega bo‘lishi:
Talaba o‘quv muassasalarda ta‘lim – fizik tajribalar namoyishlar va hodisalarni fizik qonun va prinsiplari asosida tavsiflay olishi, asosiy fizik qonun prinsiplarni ekologik jarayonlarga qo’llay bilish ko‘nikmaga ega bo‘lish;
Oddiy mehanik laboratoriya ishlarini sozlashni, o’lchashni, bajarishni va natijalarni hisoblashni, eksperiment xatoliklarini hisoblash va tajriba sifatini xulosalashni bilish, kasbiy xususiyatlariga oid asosiy fizikaviy o’lchov asbob-uskunalaridan to’g’ri va aniq foydalanish malakaga ega bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |