Kardiomiositlar va tomir silliq mushaklari tuzilishining o’ziga xosligi, farqlari, miofibrillalarning asosiy oqsillari va molekulyar qurilishi.
Kardiomiositlar va tomir silliq mushaklarining qisqarishi va bo’shashishining biokimyoviy mexanizmi, farqlari, qisqarish va bo’shashish energiya talab qiluvchi jarayonlar ekanligi.
Kardiomiositlar va tomir silliq mushaklari qisqarishini boshqarishda bir valentlik ionlar va kalsiy ionlari gradiyentining ahamiyati.
Muskullarning ekstraktiv moddalari va muskullarda energiya almashinuvining o’ziga xosligi. Kreatinfosfat. Bolalarda kreatinuriyaning sabablari.
Yurak mushaklarining normal metabolik, fiziologik va regulyator jarayonlari.
Kardioselektiv oqsillar va fermentlarning diagnostik ahamiyati.
Yurak mushagining sekretor funksiyalari (masalan, bo’lmachalar natriy-uretik peptidi).
Endoteliyning sekretor faoliyati, endotelial omillarning yurak-qon tomir kasalliklari kelib chiqishidagi ahamiyati.