Tashkent Medical Academy Volume 4



Yüklə 59,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix27.12.2023
ölçüsü59,08 Kb.
#199609
1   2   3   4   5
ta-lim-muassasalarida-ta-lim-sifati-ta-lim-tarbiya-jarayonining-pirovard-natijasi-sifatida

Tashkent Medical Academy 
Volume 4 | TMA Conference | 2023
Integration of Science, Education and Practice 
in Modern Psychology and Pedagogy: 
Problems and Solutions 
Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, 
ta’lim va amaliyot integratsiyasi:
muammo va yechimlar 
 
 
 
 
254
 
May 6 
https://tma.uz/ International Scientific and Practical Conference 
о‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga oid meyorlarni bajarilishi va boshqalar. 
Sifat haqidagi fan «Kvalitologiya» bо‘yicha mutaxassis N.A.Selezneva oliy 
ta’limda ta’lim sifati haqida tadqiqotlarni amalga oshirib, unga natijalar, jarayon va 
ta’lim tizimining ehtiyojlar, maqsadlar, talablar hamda standartlarga mosligi, degan 
ta’rifni beradi. 
Ta’lim sifatini ta’lim standartlari talablariga muvofiqligi deganda, ta’lim sifati – 
maqsad va natijaning muvofiqligi, maqsadga erishish tadbirlari, ta’lim oluvchining 
imkoniyatlarini rivojlantirishni doimiy kuzatib borish bilan aloqadorlik sifatida qaraladi. 
Ta’lim xizmatlarining jamiyat ehtiyojlari va kutilgan natijalarga mosligi darajasi 
sifatining mohiyatini aniqlashga hizmat qiladi. 
Ta’lim sifatiga berilgan ta’riflar ichida quyidagi izoh alohida ahamiyat kasb etadi. 
Uning fikricha ta’limda sifat faqatgina о‘quv jarayoni natijasinigina aks ettirmaydi. Bu 
ta’lim oluvchilarning kompleks ravishda shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishini 
ta’minlaydigan hamda ularning ehtiyojlarini tо‘liq hisobga olgan holda ilm-fan, 
texnologiya, jamiyatni rivojlanishi uchun hissa qо‘shishga imkon beradigan tizim, 
model, о‘quv jarayonini tashkillashtirish va ta’lim-tarbiya jarayoni hisoblanadi. 
Demak, xulosa qilib shuni aytish joizki sifat tushunchasi ikkita nisbiy aspektga 
ega: birinchisi ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklari bо‘yicha davlat ta’lim 
standartlari, malaka talablari va soha xususiyatlari, ikkinchisi iste’molchilarning talab-
ehtiyojlariga mos kelishidir. 
Shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda tadqiqotchilarning oldida turgan eng 
muhim vazifalardan biri ta’lim maqsadlariga erishilganlikni tashxis qilishning samarali 
metodlarini izlab topish hisoblanadi. 
SH.Qurbonov, E.Seytxalilovlarning «Ta’lim sifatini boshqarish» nomli kitobida 
ta’lim tizimini boshqarishning kompleks tizimi: ta’lim jarayoni va boshqaruv 
jarayonining barcha sub’yektlari zarur malakaga ega bо‘lib, о‘z faoliyatining va ta’lim 
sifatining samaradorligini oshirishdan manfaatdor bо‘lsa; ta’lim-tarbiya jarayoni DTS, 
malaka talablari asosida tashkil qilingan, reja va topshiriqlar ushbu talablarga muvofiq 
ishlab chiqilgan bо‘lsa; ta’lim sifatini monitoring qilish, nazorat qilish va baholashning 
turli usul va vositalaridan foydalanilsa va shu kabi holatlarda samarali bо‘lishi qayd 
etilgan.
REFERENCES 
1.
Ахмедова, М. (2017). Педагогик конфликтология. Ўқув қўлланма, 2016. 
2.
Axmedova, M. T. (2014). Pedagogik konfliktologiya. T.: TDPU. 
3.
Akhmedova, M. T., Umarova, M. K., & Polatova, M. S. (2022). 
THE ROLE OF MODERN METHODS AND TECHNOLOGIES IN 



Yüklə 59,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin