Tashkil qilish


Kashtachilik an’analariga ijtimoiy hayotning ta’siri



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə2/57
tarix23.01.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#80354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
90 minglik ish

3. Kashtachilik an’analariga ijtimoiy hayotning ta’siri. Jarniyat qanday o'zgarishlarga uchramasin, unda yoshlarni mehnatga
tayyorlash muammosi eng asosiy masala hisoblanadi, zeroki uning
ravnaqi yoshlar bilan, yoshlarning mehnatga, hayotga tayyorgarlik darajasi bilan o'lchanadi. Shunday ekan mustaqil respublikamizning kelajagini yaratishda kasbni mukammal o'rganib olgan yoshlar nihoyatda zarurdir. Bu borada biz murabbiylar oldida ulkan vazifalar turadi. Chunki tarbiyalab yetishtirgan yoshlarimiz respublikamiz kelajagini yaratadi. Shuning uchun har bir o'qituvchi o'z kasbini sevsa, o'z ustida muntazam ravishda ishlasa, hamisha izlanishda bo'lsa oldimizdagi maqsadga erishishimiz mumkin. Hozir respublikamizda o'qitilayotgan, merosimiz bo'lgan xalq amaliy san’atiga e’tibor yanada kuchayib ketdi. Agar biz ota-bobolarimizdan meros bo‘lgan xalq amaliy san’atini to‘liq egallab olsak, boshqa respublikalardan olib kelinadigan xomashyo masalasi o‘z -o‘zidan yechiladi. 0‘zimizni o‘zimiz xomashyo bilan ta’minlay olamiz.
Kashta tikuvchi hunarmand kashtado‘z yoki kashtachi deb
ataladi. Kashtado‘zlik ayollar hunari bo‘lib, kashta mashinasi
yaratilishi munosabati bilan mashinada erkaklar ham kashta tikadigan bo‘ldilar. Mashinada yo‘rmachok bilan kashta tikiladi, lekin mashina gullarning mayda detallarini aks ettira olmaydi, mashina kashtasining sifati ham qo‘lda tikilgan kashtadan ancha past. Shunga qaramay mashina bilan tikish oson va ish tez bajarilishi tufayli keyingi paytlarda mashina kashtasi kashtado‘zlikda katta o‘rin egalladi. Kashtachilik amaliy bezak san’atining qadimiy sohalaridan biri. Arxeologiya materiallari kashtaning deyarli barcha xalqlarda qadimiyligini, u iqlim, tabiiy sharoit, muhit bilan bog‘liq holda har bir xalqning madaniyati,
san’ati, kasb-hunar turlari bilan birga, ularning ta’siri ostida rivoj topganini ko‘rsatadi. 0‘rta Osiyoda, ayniqsa, o‘zbek, tojik, turkman ayollari o‘rtasida kashta tikish keng tarqalgan. Oilada har bir ayol, har bir qiz kashta tikishi lozim bo‘lgan. Chunki kiyimlar oilada tayyorlangan, badiiy buyumlarning asosiy qismi (so‘zana, choyshab, oynaxalta, choyxalta, tuzxalta) har bir xonadonnin go‘zida tayyorlangan. Ijtimoiy hayotda ro‘y bergan o‘zgarishlar kashta an’analariga, mahsulotlarning turlariga katta ta’sir ko‘rsatgan. Masalan: hozir oynaxalta, choyxalta, paranji, kaltacha kabi buyumlar va mursak, nimcha kabi kiyimlar o‘z ahamiyatini vo‘qotgan, ularni faqat yoshi ulug‘ onaxonlar uyida, muzeylarda ko‘rish mumkin.
Hozir do‘ppi, sumka, nimcha, kovush, so‘zana, choyshab, joynamoz, yostiq jildlari zamonaviy did bilan tikib bezatilmoqda.
Kashta mahsulotlarining shakli va badiiy bezaklarida zamonaga
xos katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. 0‘tmishda dekorativ kashtalar
palak kabi badiiy buyumlar oq va malla bo‘zlarga tikilgan bo‘lsa,
endilikda satin, shoyi, baxmal, barqut, parchaga tikilmoqda.
0‘zbekiston kashtado‘zlarining kashtalari naqshida o‘simliksimon tasvirlar, shox, gulband, guldastalar ko‘p uchraydi.
Asosiy bezak matoning o‘rtasiga ishlanadi, hoshiyalari qo‘shimcha
bezak hisoblanadi. Lekin kashtado‘zning mahorati hoshiyani
bezatishga qaratilgan kashtalar ham uchraydi. Odatda, kashta-
larda naqshlarni chizmakashlar chizib beradilar, kashtado‘z
badiiy buyumni shundan keyin tikadi. Markaziy bezak asosiy
ahamiyatga ega bo'lgan kashtalarda chizmakash matoni bo‘yi,
eni, diagonali bo'yicha buklab, kompozitsiyaning bosh nuqtasi
markazini, hoshiya o ‘tadigan joylarini, simmetrik joylashtirilgan
gullar o‘rnini aniqlab oladi (chizg‘ich, kosa, piyola kabilardan
foydalanib, gul naqshining xomaki shakllarini chizib beradi).
Kashta turmushimiz ko'rki, kiyimlar va buyumlarni bezashda
katta ahamiyatga ega. Kashta tikish qiziqarli, ijodiy ish bo‘lib,
u charchab turgan vaqtingizda sizga quvonch keltirishi, ermak
bo‘lishi va sizni nafosat olamiga olib kirishi mumkin.
Qadimdan ona qizining bolalik chog‘idan boshlab kelinlik
sepi uchun ip yigirib kashta tika boshlaydi. Ona va qiz kashtani
faqat rangli iplar bilan emas, balki unga ikki yoshga yaxshi niyat,
baxt tilab, mehr-muhabbatini qo‘shib havas bilan tikadilar.
«Kelinni kelganda ko'r, sepini yoyganda ko‘r» — degan xalq
maqoli bekorga aytilmagan. Kelinchak uyiga kirgan har qanday odam kashtachilik san’atiga havas bilan qaraydi. Chunki, devorlarga osilgan rang-barang kashtalar, deraza pardalari, qator terilgan biri-biridan chiroyli tikilgan yostiqlar, choyshablar ko‘zni qamashtiradi.
Hozirgi kunda respublikamizning shahar va qishloqlarida ijtimoiy hayotning o'zgarib borishi bilan kashta tikish kamayib
ketgan. Masalan, qizlar vildan-yilga magazin va bozorlardan
tayyor tikilgan kashtalarni olishga o ‘rganib qolishgan. Tikkan
taqdirda ham, asosan vostiq uchun koshaklar, sanoqli belbog‘1ar va
ro'molchalar, sochiq tikishlari mumkin. Katta-katta buyumlar masalan: so‘zana, zardevor, parda tikish qolib ketgan.
Xotin-qizlar kashta tikish, gilam to‘qish, chopon tikish bilan davlat va uy-ro‘zg‘or yumushlaridan bo'sh vaqtlarida band boladilar. Bozor iqtisodiyoti ta’siri bilan, yildan-yilga tikiladigan kashtalar soni ham, turi ham ko‘payib bormoqda, sifati esa yaxshilanmoqda. Qizlarimizning qanchalik chevarligi, mehnatsevarligi, didi ular tikkan kashtalardan malum bo‘ladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin