2022-yil 1-dekabr “Butunjaxon OITS ga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan DMTT hamshirsi rahbarligida katta va tayyorlov guruhlar o’rtasida «OITS – umr zavoli» mavzusida rasm chizish tanlovi bo’lib o’tdi.
Bundan tashqari DMTTda «OITSsiz kelajak sari» deb nomlangan katta va tayyorlov guruhlar o’rtasida tadbir bo’lib o’tdi, tadbirda barcha katta va tayyorlov guruhlar faol qatnashdi, «OITSga o’rin yo’q» deb nomlangan tarbiyalanuvchilar o’rtasida rasmlar ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi, har bir tarbiyalanuvchilarning chizgan OITS kasalligi haqidagi rasmlari rag’batlantirildi.
DMTTda tarbiyalanuvchilar o’rtasida «OITS umr zavoli» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Ushbu davra suhbatiga uchastka bosh vrachi taklif etilib, tarbiyalanuvchilarga OITS kasalligi va uning oqibatlari haqida kengroq tushuncha berdi.
1-dekabr “Butunjaxon OITS ga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan DMTTda burchak tashkil etildi. Ushbu burchakda DMTT tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan rasmlar tanlovi o’tkazildi.
1-dekabr “Butunjaxon OITS ga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “OITSsiz kelajak sari” mavzusida tadbir o’tkazildi. Dunyo hamjamiyatida insonni e’zozlash, xurmatlash va inson bilan bog’liq muammolarni bartaraf etish maqsadida ma’lum bir bayram sanalari belgilangan. Ulardan biri, “3 – dekabr xalqaro nogironlar kuni” bo’lib, bu kunda ma’lum bir sabablar bilan nogiron tug’ilgan yoki nogiron bo’lib qolgan insonlar holidan xabar olinadi. Bu ham insoniylikning bir belgisidir.
DMTTda 10 dekabr O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kunning 28 yilligiga bag’ishlab 2022 yil 10 dekabr soat 11:00da tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar ishtirokida “Davlatimiz ramzlari-faxrimiz g’ururimiz” shiori ostida tadbir bo’lib o’tdi. Tantanali tadbirga ota-onalar, MFY hodimlari taklif etildi.
Tadbirni DMTT mudirasi ochdi. U o’z tabrigida DMTT jamoasi va tarbiyalanuvchilarni 10-dekabr O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kunning 31 yilligi bilan tabriklab, madhiya muallifi A.Oripov xotirasiga chuqur ehtirom bildirdi. O’quvchilarni mustaqil O’zbekistonning sadoqatli, vatanparvar va bilimdon farzandlari bo’lishini tiladi.
DMTTga tashrif buyurgan ota-onalar va mehmonlar tarbiyalanuvchilarga bayram munosabati bilan davlat ramzlarini sevish uni ardoqlash, vatanparvarlik xaqida o’z fikrlarini bayon qilishdi.
DMTTning katta guruh va maktabga tayyorlov guruhlari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kunning 31 yilligi munosabati bilan rasmlar tanlovlari o’tkazildi. DMTT musika rahbari tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlagan bayram dasturini namoyish etdi.
Tadbir tarbiyalanuvchilarni davlat ramzlariga muhabbat ruhida tarbiyalashda, davlat ramzlarini sevish, ardoqlashga undadi.
Tadbir ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi