Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi Tashkilotning ichki va tashqi muhiti



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə27/67
tarix02.01.2022
ölçüsü1,25 Mb.
#41141
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   67
Tashkilotlar va ularni boshqarish

To'liq o'rtoqlik - o'rtoqlik ishtirokchilari (to'liq o'rtoqlar) ular o'rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq o'rtoqlik nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadilar va uning majburiyatlari bo'yicha o'zlariga tegishli bo'lgan mulk bilan javob beradilar.

Shaxs faqat bitta to'liq o'rtoqlikning ishtirokchisi bo'lishi mumkin.

To'liq o'rtoqlik firmasining nomi yoki uning barcha ishtirokchilarining ismlari(nomlari) va "to'liq o'rtoqlik" so'ziga, yoki bitta yoki bir necha ishtirokchi larning ismi(nomi)ga va "kompaniya" va "to'liq o'rtoqlik" so'zlarini qo'shilishiga ega bo'lishi kerak.

To'liq o'rtoqlik ta'sis shartnomasi asosida tashkil qilinadi va harakat qiladi, u uning barcha ishtirokchilari tomonidan imzolanadi. To'liq o'rtoqlikning ta'sis shartnomasi quyidagilarga ega bo'lishi kerak: o'rtoqlikning nomi; uni joylashgan joyi; faoliyatini boshqarish tartibi; o'rtoqlik yig'ma sarmoyasining miqdori va tarkibi haqidagi shartlar; ishtirokchilardan har birining yig'ma sarmoyadagi ulushlarining miqdori va uni o'zgartirish tartibi haqida; ular tomonidan kiritilayotgan kiritmalarning miqdori, tarkibi va tartibi haqida; ishtirokchilarning kiritmalar kiritish bo'yicha majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarligi haqida.

To'liq o'rtoqlik faoliyatini boshqarish barcha ishtirokchilarning umumiy roziligi bo'yicha amalga oshiriladi. O'rtoqlikning ta'sis shartnomasi tomonidan qaror ishtirokchilarining ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinishi hollari ko'zda tutilishi mumkin. To'liq o'rtoqlikning har bir ishtirokchisi, agar ta'sis shartnomasi tomonidan uning ishtirokchilari ovozlarini belgilashning boshqacha ko'zda tutilmagan bo'lsa, bitta ovozga ega bo'ladi.


Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin