Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o’rtasida almashinishining turli yo’nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir



Yüklə 468,93 Kb.
səhifə1/69
tarix01.03.2023
ölçüsü468,93 Kb.
#86129
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyl



KIRISH
Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o’rtasida almashinishining turli yo’nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir. Bu istalgan mamlakat iqtisodiyotidagi eng murakkab soha bo’lib, o’z rivojlanishi uchun atroflicha yondashishni taqozo etadi.
O'zbekistonning siyosiy mustaqillikka erishishiga va bozor munosabatlariga o'tishi, O’zbekiston geosiyosiy holatining tubdan o'zgarishi, bosqichma bosqich iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi mamlakat taraqqiyotvda tashqi iqtisodiy aloqalarning rolini ancha ko’tardi. O'zbekiston uchun nafaqat uzoq, xorij, balki yaqin qo’shnilar bilan ham xo'jalik va savdo aloqlari tashqi iqtisodiy aloqalarga aylandi. Shu munosabat bilan milliy iqtisodiyotni rivojlantiritshtda tashqi iqtisodiy omilning ahamiyati keskin oshdi. Ayni vaqtda ham ayrim xo'jalik sub'ektlarining, ham davlatning umuman tashqi iqtisodiy faoliyati mohiyati son va sifat jihatidan tubdan o'zgardi. Tashqi iqtisodiy omilning kuchayishi amalga oshirilayotgan bozor o’zgarishlari, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiyoti, ichki bozorning tashqi bozor bilan hamkorligining shakllanayotgan butunlay yangi asoslari talablaridan kelib chiqadi.
Hozirgi bosqichda tashqi iqtisodiy aloqalarning son va sifat jtshatidan usishi bu jarayonlarni hartomonlama chuqur o’rganishga yanada yuksak talablar qo’yadi. Turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarning ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, valyuta-moliya, xorijiy sheriklar bilan savdo-iqrtsodiy aloqalarni amalga oshira oladigan mutaxassislarga ehtiyojini ta'minlash uchun O’zbekiston oliy o’quv yurtlarida ta'limning kunduzgi va sirtqi shakllarida tahsil oluvchi talabalar tashqi iqtisodiy faoliyat masalalariga va muammolariga bag'ishlangan turli fanlarni o'rganadilar.
Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning xorijiy tashkilotlar va firmalar bilan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi iqtisodiy-tashkiliy munosabatlari bunday kurslarning mavzusi hisoblanadi. O’rganitshtsan maqsad —tashqi iqtisodiy aloqalarning turli jthatlari bo’yicha tegishli bilimlarni berishdan iboratdir.

Yüklə 468,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin