Tashqi savdo siyosati, uning O’zbekiston iqtisodiyotidagi ahamiyati



Yüklə 113,3 Kb.
səhifə10/13
tarix20.06.2023
ölçüsü113,3 Kb.
#133220
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Usomonov Begmuhammad 14s 19 talabasi kurs ishi mavzu Tashqi savdo (1)

БУ ЭСКИ МАЪЛУМОТ!!!!
2008-yilda mamlakatimiz bo’ylab eksport operatsiyalarini olib boruvchi korxonalar va tashkilotlar a’zolari o’rtasida o’tkazilgan so’rov natijalari bunga ancha aniqlik kiritib berdi. Bunday muammolar tarkibiga quyidagilar kiradi:

Importni cheklash natijasida nafaqat tayyor mahsulotlarning balki xom-ashyoning ham mamlakatimizga kirib kelishi sekinlashadi. Bu esa ichki ishlab chiqarishni rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi
Importni cheklash natijasida mamlakatimiz ichida chet el valyutasiga talab kamayadi, bu esa milliy valyuta qadrini oshishiga va o’z navbatida eksport hajmini pasayishiga sabab bo’ladi
Importga cheklovlar natijasida mamlakatdagi ichki narx jahon narxlaridan oshib ketadi, bu esa noqonuniy importni rag’batlantirishi va resurslarning samarasiz taqsimlanishiga sabab bo’lishi mumkin
Transaksion xarajatlar sifatida eksport qilinayotgan mahsulotlarga hujjatlar tayyorlash, moliyaviv va vaqt bilan bog’liq muammolar bojxona oformleniyalari, mahsulotlarni uchinchi davlat chegarasidan olib o’tish muammolari, eksportga soliqlar undirish jarayonlari, eksportga 100% oldindan to’lov muammolari va boshqalar kiritilgan.
Bu muammolar ichida eng kattasi eksportga 100% oldindan to’lovning mavjudligi bo’lib bu eksport jarayonini sekinlashiga yoki umuman mavjud bo’lmasligiga asos yaratadi. Eksport operatsiyalarini rivojlntirishda hujjatlar tayyorlash va ularga ruhsatnomalar olish vaqtini qisqartirish ham ancha katta rol o’ynaydi.
Tashqi savdo siyosatimizni rivojlantirishda asosiy muammolardan biri bu transport va transit muammolaridir. Bu muammolar asosan mamlakatning geografik joylashgan o’rnidan kelib chiqadi. Mamlakatimizning dengiz yo’llariga to’g’ridan-to’gri chiqa olmasligi eksport operatsiyalarimizga salbiy ta’sir qiladi.
Ayni paytda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan eksporter uch xil transport vositasidan foydalana oladi: Temir yo’l, avromobil yo’llari, havo transporti.
Havo transporti ancha qimmat transport turi hisoblanib ko’pgina mahsulotlar eksportida qulay transport vositasi sifatida qaralmaydi. Avtomobil transporti hamda temir yo’l transportida esa bir qancha muammolar mavjud, birinchidan qo’shni mamlakatlar bojxona nazoratining juda qattiqligi va ko’p vaqtni olishi, ikkinchidan infrastrukturani yangidan ko’rib chiqib uni takomillashtirish va transport tezligini oshirish muammolari.
Bu muammolarni hal qilish maqsadida boshqa davlatlar bilan hakorlikda ish olib borilmoqda. Masalan O’zbekistonni Xiyoy bilan bog’lashga xizmat qiladigan hamda Qirg’iziston Respublikasi hududi orqali o’tuvchi temir yo’lni barpo qilish loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Ichki infrastrukturani yaxshilashga qaratilgan juda ko’p loyihalar ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz ketma-ketlik asosida har bir iqtisodiy sub’yekt ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashqi savdo siyosatini ishlab chiqishi va uni hayotga keng joriy qilishi mamlakatimiz eksport salohiyatini rivojlantirish asoslaridan biri hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun qator muammolar hamda to’siqlarni bartaraf qilishimiz kerak.

Yüklə 113,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin