Tashqi savdo siyosatida notarif metodlarning



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix14.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#97992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
tashqi-savdo-siyosatida-notarif-metodlarning-qo-llanilishi-va-zamonaviy-xususiyatlari

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 4 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 619
vositalari hamda dastaklaridan har qachongidan ham koʼproq unumli foydalanishga 
undamoqda. Jahon xoʼjaligida davlatlar tashqi savdo aloqalarini qaytadan tashkil etish, 
ayrim tarmoq va sohalarda tarkibiy oʼzgarishlarni chuqurlashtirish zarurati borligi ham 
ayon boʼlmoqda. Natijada, keyingi yillarda globalь va mintaqaviy darajada dunyo tashqi 
savdosida yangi yoʼnalishlarda siljishlar roʼy bermoqda.
Davlatlarning tashqi savdo strategiyalarida ham tub oʼzgarishlar namoyon 
boʼlmoqda. Oʼzbekistonda ham tashqi savdo siyosatini takomillashtirish borasida tizimli 
islohotlar 
amalga 
oshirilmoqda. 
Oʼzbekiston 
Respublikasining 
Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 13 apreldagi PF-5012-sonli savdo sohasida boshqaruv 
tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoni mamlakatimiz tashqi 
savdo aloqalarining samaradorligini yanada oshirish, tashqi savdoni liberallashtirish, 
eksport salohiyatini mustahkamlash hamda raqobatdosh mahalliy mahsulotlarni tashqi 
bozorlarga chiqarish tizimini takomillashtirish, mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar 
bilan xorijiy sheriklar oʼrtasida savdo sohasida uzoq muddatli barqaror sheriklik 
munosabatlarini shakllantirish maqsadlariga xizmat qilishi koʼzda tutilgan.
Mazkur farmon bilan tashqi savdoni boshqarish, nazorat qilish, tartibga solish va 
ragʼbatlantirish boʼyicha tashkiliy-institutsional tizim yanada takomillashib, eksport va 
import faoliyatlarini yanada jadallashtirish uchun qoʼshimcha imkoniyatlarni yanada 
samarali jalb etishni koʼzda tutadi. Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, 
investitsiyalar va savdo vazirligi yangi tuzilma - Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi savdo 
vazirligi etib qayta tashkil qilindi.
Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi avvalo, tashqi savdo sohasida 
davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, hamda tashqi savdo faoliyatini 
tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi. 
Shuningdek, ushbu vazirlik oʼz vakolatlari doirasida qabul qilingan va normativ-
huquqiy xarakterga ega boʼlgan qarorlari davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, 
mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mulkchilik shakli va idoraviy 
mansubligidan qatʼi nazar, xoʼjalik yurituvchi subʼektlar tomonidan bajarilishi majburiy 
hisoblanadi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin