Sаvdo siyosatining moliyaviy usullari: Demping Tashqi savdoni notarif usullar bilan tartibga solish amaliyotini o’rganish shuni ko’rsatadiki, eksport subsidiyalari ko’pincha dempingga - xorijiy bozorlarda eksportyor mamlakat ichki bozoridagi o’rtacha narxga nisbatan past baholarda sotishga moddiy asos bo’ladi.
Mutaxassislar dempingning quyidagi variantlarini ajratib ko’rsatishadi:
Tasodifiy — eksportyorda tasodifiy ortiqcha tovarlarni paydo bo’lishi bilan bog’liq;
Vaqtinchalik — eksportyor tomonidan boshqa mamlakat bozoriga tezlik bilan kirib borish uchun qo’llaniladi;
Doimiy — monopolist kompaniya tomonidan, uning tashqi iqtisodiy faoliyati davlatning doimiy qo’llab-quvvatlashi sharoitida, tashqi bozorlarda foydani maksimallashtirish uchun qo’llaniladi, bunda ichki bozorda nisbatan yuqori narx saqlab turiladi.
Dempingdan, eng avvalo, davriy pasayishlar va ichki talab kamayganda, iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish davrida foydalaniladi. Masalan, 30-yillarda shunga o’xshash hodisa SHarqiy Yevropa mamlakatlaridan import qilinuvchi qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorida kuzatildi, 70-yillarda AQSH va Yevropa Ittifoqi tomonidan Yaponiyaga nisbatan dempingdan foydalanish ayblovi ilgari surildi.
Vaqtinchalik va ayniqsa, doimiy dempingga qarshi importyor-mamlakatlar GATT moddalariga asoslangan holda importga qarshi import bojlarini joriy etish huquqiga ega bo’lganligi sababli keyingi paytda yashirin demping keng tarqalmoqda. Bu eksportyor va importyorlar o’rtasida importyorlar tomonidan o’z milliy bozorida tovarlarni eksportyor yetkazib bergan narxdan past baholarda sotish haqida oshkor bo’lmagan kelishuvni nazarda tutadi. Yashirin demping yirik TMKlar tomonidan firma ichida qo’llaniladigan butlovchi qismlarni transferti amaliyotida keng tarqalgan (mas. yapon TMKlari ichida).
Tayanch iboralar:tashqi savdo hajmi, eksport, import hajmi, tashqi savdoda sanoat mahsulotlarining ulushi, JST bilan hamkorlik, rivojlangan mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik, tashqi iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish.