III. Obyektiv ko’rik: Status praesens: Bemorning umumiy ahvoli qoniqarli. Harakatlari aktiv, hushi o’zida. Yuzida bezovtalik yo’q. Normostenik tipdagi tana tuzilishi, tana harorati 36,7C.
Yuz – jag’ sohasi holati: Teri odatiy rangda, elastikligi normada; qurish, toshmalar, qon quyilishlar aniqlanmadi. Assimetriya kuzatilmadi, teri osti yog’ kletchatkasi bir tekisda tarqalgan. Lablarning qizil hoshiyasi patologik o’zgarishlarsiz, lablar quruq. Dahan, bo’yin, quloq oldi, sohasidagi limfa tugunlar palpatsiyada aniqlanmaydi.
Og’iz bo’shlig’I holati: og’iz bo’shlig’I dahlizi shilliq qavati giperemiyalashgan. 15 tish sohasi qalin karash bilan qoplangan. Til va lab yuganchalari birikish sohasi fiologik norma chegarasida. Milk shishgan, butunligi buzilmagan, milkda giperemiya kuzatiladi. Til shilliq qavati giperemiyalanmagan.