Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilar borliqni va san’atni estetik idrok qilish yo‘llarini o‘zlashtiradi



Yüklə 11,03 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü11,03 Kb.
#182725
seminar va maruza


Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilar borliqni va san’atni estetik idrok qilish yo‘llarini o‘zlashtiradi. Bu fan orqali o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati, ko‘rish xotirasi, ijodiy tafakkuri, badiiy didi, estetik hissiyotlari rivojlanib boradi.
Tasviriy san’atdagi ta’limiy va tarbiyaviy jarayon o‘quvchilarda rasm chizish, me’morchilik ko‘nikmalarini shakl­lantirish bilan birgalikda atrof-muhitdagi go‘zalliklarni estetik idrok etish, uni tasviriy vositalar asosida aks ettirish bo‘yicha ham nazariy bilim va malakalarni rivojlantiradi. Shuni aytib o‘tish lozimki, bu maqsadlarga to‘laqonli erishishda o‘qituvchining darsga yondashuvi va mahorati muhim o‘rin egallaydi. Chunki tasviriy faoliyat jarayonida shakllanadigan bilim, malaka va ko‘nikmalar asosan dars davomida amalga oshiriladi.
“Borliqni idrok etish”, “San’atni idrok etish”, “Naturaga qarab tasvirlash” va “Kompozitsion faoliyat” yo‘nalishlari bo‘yicha mavzu mazmunini yoritib berish maqsadida o‘qituvchilar tasviriy san’at darslarini ko‘proq amaliy jihatdan tabiat qo‘ynida o‘tkazishlari, muzeylarga sayohat uyushtirishlari tavsiya etiladi. Bunda o‘quvchilarning ona tabiatga, jonajon o‘lkaga mehr-muhabbati oshadi, milliy qadriyatlarimizni, me’moriy yodgorlik va san’at durdonalarimizni asrab-avaylash hamda qadrlashni o‘rganadilar.
Dars jarayonida qo‘llaniladigan interfaol metod va texnologiyalarni tanlashda fanning xususiyatini hisobga olish maqsadga muvofiq. O‘qitish jarayonining samarali va natijali bo‘lishini ta’minlashga yo‘naltirilgan interfaol uslublar va o‘qitish texnologiyalari hozirgi kunda respublikamizning barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida keng miqyosda qo‘llanilib, ijobiy natijalar olinmoqda.
Xususan, o‘tilgan mavzuni mus­tahkamlash qismida “Zinama-zina”, “FSMU”, “Tushunchalar tahlili”; yangi mavzuni tushuntirishda “Charx­palak”, “Tarmoqlash”, “SAN” texno­logiyasi; yangi mavzuni mustahkamlash va unga oid mustaqil ish berilganda “Rezyume”, “Tashviqot guruhi”, “SAN” texnologiyasi; darsni yakunlash bosqichida “Yelpig‘ich” texnologiyasidan foyda­lanish maqsadga muvofiq.
Tasviriy san’at darslarini qiziqarli, mazmunli olib borish uchun o‘qituvchi o‘z ishiga ijodiy yondashish, har bir darsda texnika vositalari, multimedia vositalari, slaydlar va ko‘rgazmali qurollardan o‘z o‘rnida foydalanishi kerak. Dars jarayonida faqatgina qo‘llanmada ko‘rsatilgan materiallar bilan cheklanib qolmasdan, qo‘shimcha adabiyotlar, internetdan olingan ma’lumotlar va fan yangiliklari, ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalaridan keng foydalanish tavsiya etiladi.
Jumladan, “Rangtasvir va grafikada manzara ishlash” mavzusini tushun­tirishda o‘qituvchi o‘zbek va chet ellik rassomlarning manzara janrida ishlagan asarlarini namuna sifatida kodoskop orqali ekranda ko‘rsatishi, shu mavzu asosida amaliy ishni boshlashdan oldin esa kompyuterda disk yoki fleshka orqali tabiat manzaralarini bosqichma-bosqich ishlanishi tasvirlangan yozuvni namoyish qilishi mumkin.
“Sharq miniatura san’ati tarixi haqida suhbat hamda reproduksiyalarni tahlil etish” mavzusini tushuntirishda kompyuter orqali sharq miniatura maktablari va ularning ishlaridan namunalar, Kamoliddin Behzod haqida ma’lumotlarni taqdim etishda, mahoratli ajdodimiz tomonidan ishlangan asarlardan namunalar ko‘rsatish lozim.
Sho‘ba yig‘ilishlarida bahs-munozara yuritish uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
— Tasviriy san’at fanini o‘qitishda madaniy merosimiz, milliy qad­riyatlarimizdan unumli foydalanish va xalq amaliy san’ati durdonalarini targ‘ib qilish orqali o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish;
— O‘quvchilarning ijodiy qobi­liyatlarini rivojlantirishda tasviriy san’at darslari, sinfdan hamda maktabdan tashqari ishlarning uyg‘unligini ta’minlash, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish muammolari;
— “Tasviriy san’at darslarida jamoa bo‘lib ishlash yo‘llari” mavzusida amaliy seminar o‘tkazish;
— “Naturmort ishlash jarayonidagi optik illyuziyalar” mavzusida suhbat;
Yüklə 11,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin